Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 50. "Qof"
50. "Qof"
Uz-DunYoДата: Четверг, 22.12.2011, 21:39:41 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Forumchi
Сообщений: 70
Награды: 2
Репутация: 2
Статус: Оффлайн
QOF SURASI
Qirq besh oyat bo‘lgan bu sura Makkada nozil qilingan. Barcha Makka suralari kabi Islomiy aqidaning asoslari haqida so‘zlaguvchi bu surada so‘z asosan mana shu aqidaning bir bo‘lagi bo‘lgan qayta tirilish va bu dunyoda qilib o‘tilgan barcha amallar hisob-kitob qilinishi haq ekanligi to‘g‘risida boradi. Sura oyatlari oxiratni inkor etuvchi kimsalarning nazarini yeru osmondagi Alloh taoloning qudrati ilohiyasiga dalolat qilib turgan ko‘pdan-ko‘p ajoyibotlarga jalb qiladi va mana shu koinotni yo‘qdan bor qilgan zot ularni qayta yaratishga ham qodir ekanligini ta’kidlaydi. Bu surada ham qayta tirilishni yolg‘on deganlari sababli turli azob-uqubatlarga giriftor bo‘lgan avvalgi qavmu-qabilalar yana bir bor eslatib o‘tiladi, Sura sur chalinib qabrlardan hisob-kitob uchun chiqiladigan Kunda bo‘ladigan voqeahodisalarni bayon qilish bilan xotima topadi. Sura o‘zining ilk kalimasi bo‘lmish «Qof» harfi bilan nomlangan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qof. (Ey Muhammad), Ulug‘ Qur’onga qasamki, (Biz sizni qayta tirilish haq ekanligidan ogohlantirguvchi payg‘ambar qilib yuborganimizda Makka ahli iymon keltirmaydi).

2. Balki ularga (farishta emas, balki) o‘zlaridan bo‘lgan bir ogohlantirguvchi kelganidan ajablanib, u kofirlar aytdilar: «Bu juda qiziq narsa-ku!

3. Bizlar o‘lib, tuproq bo‘lib qolgan vaqtimizda (yana hayotga qaytarilamizmi)?! Bu juda uzoq (aql bovar qilmaydigan) qaytishdir!»

4. Aniqki, Biz yer ular(ning jasadlari)ni kamaytirayotganini (ya’ni jasadlari chirib tuproqqa aylanib ketayotganini) bildik. Va Bizning huzurimizda (barcha narsani o‘z sahifalarida) saqlaguvchi Kitob (Lavhul — Mahfuz) bordir, (demak ularni qayta tiriltirib, hisob-kitob qilish Biz uchun qiyin ish emasdir).

5. Yo‘q, ularga Haq (Qur’on) kelgan vaqtida uni ham yolg‘on dedilar. Bas, ular bir noaniq ishga – holga tushib qolganlar. (Shuning uchun ular goh Qur’onni «sehr» deyishsa, goh «she’r» deyishadi, goho esa «Avvalgilardan qolgan afsona», deydilar).

6. Axir ular ustlaridagi osmonni — Biz uni qanday bino qilib, (yulduzlar bilan) bezab qo‘yganimizni va uning teshik-yoriqlari ham yo‘q ekanligini ko‘rmadilarmi?!

7. Yerni esa yoyiq — keng qildik va unda tog‘larni o‘rnatib qo‘ydik hamda unda (o‘simlik, mevalardan) har turli go‘zal juftlarni undirib-o‘stirdik.

8. (Parvardigorga) qaytguvchi har bir bandaga ko‘rgazma va eslatma-ibrat bo‘lsin uchun (mana shunday qildik).

9-10. Biz osmondan barakotli suv — yomg‘ir yog‘dirib, uning yordamida bog‘- rog‘larni va o‘rib olinguvchi don-dunlarni hamda terilgan (mevali) novdalari bo‘lgan baland xurmolarni undirib-o‘stirdik.

11. Bandalarga rizq bo‘lsin uchun (mana shunday qildik). Yana u (suv) yordamida o‘lik shaharni — yerni tiriltirdik. (O’liklarning o‘z qabrlaridan qayta tirilib) chiqishlari ham mana shunday bo‘lur.

I z o h . Ushbu oyatlarda xuddi o‘lik zamin vaqti soati bilan tirilib bog‘u-rog‘larga va gulu gulzorlarga aylangani kabi insonlarga ham qiyomat soati kelganida qayta jon ato etilib, qabrlaridan chiqishlari eslatib o‘tilgach, endi quyidagi oyatlarda ilgari o‘tgan va oxiratni inkor etguvchi bo‘lgan qavm-qabilalarning boshlariga tushgan ko‘rgulik zikr qilinadi.

12-13-14. Ulardan (Makka kofirlaridan) ilgari Nuh qavmi, quduq egalari (a’ni Shu’ayb payg‘ambarni yolg‘onchi qilganlari sababli quduqqa qulab halok bo‘lgan bir qavm), Samud va Od (qabilalari), Fir’avn (va uning qavmi), Lutning og‘a-inilari, daraxtzor egalari (ya’ni Shu’ayb payg‘ambarning qavmi va Tubba’ qavmi ham (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgan edilar. (Ularning) barchalari payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilishgach, Mening va’dam (ya’ni azobim ularning ustiga) haq-vojib bo‘ldi.

15. Axir Biz avvalgi yaratishga (ya’ni yo‘qdan bor qilishga) ojizlik qildikmi? Yo‘q, (ojizlik qilmadik, demak tuproqqa aylangan jasadlarga qayta jon ato etishga ham ojilik qilmaymiz), ular esa yangi yaralishdan (ya’ni, qayta tirilishdan) shak-shubhadadirlar.

16. Aniqki, insonni Biz yaratganmiz, (demak), uning nafsi vasvasa qiladigan (ya’ni ko‘nglidan o‘tgan barcha) narsalarni ham bilurmiz,— Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz.

17. Zotan o‘ng va chap (tomon)da o‘tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi farishta insonning aytgan va qilgan barcha yaxshi-yomon so‘z-amallarini) qabul qilib-yozib tururlar.

18. U biron so‘z talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hozirunozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur).

19. Mana, o‘lim mastligi (ya’ni jon chiqar payti) haqqi-rost (etib keldi (Ey inson), bu (o‘lim) sen qochguvchi bo‘lgan narsadir.

20. (Qayta tirilishga da’vat qilguvchi) Sur ham chalindi. Bu (kofirlarga azob) va’da qilingan Kundir!

21. Va har bir jon o‘zi bilan birga (uni mahshargohga) haydaguvchi (bir farishta) va uning qilib o‘tgan amallariga) guvoxlik berguvchi (bir farishta) bo‘lgan holda keldi.

22. (Ey inson), aniqki, sen bu (og‘ir Kun)dan g‘aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni (ya’ni mana bu qiyomat Kuni haqidagi shak-shubhalaringni) ochib yubordik. Endi bu Kun sening ko‘zing juda o‘tkirdir.

23. Uning (kofirning) yaqini-hamrohi (bo‘lgan, uning qilib o‘tgan gunohlarini yozib-guvohlik berguvchi farishta) dedi: «Mana bu (nomai a’mol) mening huzurimda hoziru nozir bo‘lgan narsadir».

24-25. (Shundan keyin do‘zax xodimlaridan ikki farishtaga aytilur): «Barcha (Haqqa qarshilik qilguvchi) qaysar, yaxshilikni man’ qilguvchi, zo‘ravon va (Allohning diniga shak keltirguvchi) kofir-ko‘rnamakni jahannamga tashlanglar!

26. (Qay) bir kimsa Alloh bilan birga boshqa bir «iloh» qilib olsa (ya’ni yolg‘iz Allohga biron narsa yo kimsani sherik qilib olsa), bas, uni qattiq azobga tashlanglar!»

27. Uning yaqini (bo‘lgan shayton): «Parvardigoro, uni men tug‘yonga solganim yo‘q, lekin uning o‘zi (haq yo‘ldan) yiroq zalolatda bo‘ldi», dedi.

28. (Alloh kofir va uning shaytoniga) aytdi: «Mening dargohimda talashibtortishmanglar, aniqki, Men ilgari sizlarga (kofir bo‘lganlaringiz sababli oxiratda azobga giriftor bo‘lishlaringiz to‘g‘risida) va’da qilganman.

29. Mening dargohimda (va’da qilingan) so‘z o‘zgartirilmas va Men bandalarga zulm qilguvchi ham emasdirman».

30. U Kunda Biz jahannamga “To‘lib bitdingmi?” dermiz, u esa, «Yana qo‘shimcha bormi?» der.

I z o h. Yuqoridagi oyatlarda hayoti dunyodan kufru-isyon bilan o‘tgan kimsalarning Qiyomat kunida kechadigan ahvol-ko‘rguliklari batafsil bayon etilgach, endi taqvo egalari uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat manzaralari tasvirlanadi.

31. Jannat taqvodor zotlarga yiroq bo‘lmagan (bir makonga) keltirildi (va ularga deyildi):

32-33. «Mana shu (ne’matlar) Sizlarga — har bir (Allohga) qaytguvchi, (o‘z ahdini) saqlaguvchi (rioya qilguvchi), g‘aybdagi Rahmondan qo‘rqqan va tavba-tazarru’ qilgan dil bilan kelgan kishilarga va’da qilinayotgan narsalardir.

34. Unga (jannatga) tinch-omon kiringiz! Bu (kun) mangu (qoladigan) Kundir».

35. Ular uchun u joyda xohlagan narsalari bordir. Va yana Bizning dargohimizdagi qo‘shimcha (izzat-ikrom)lar ham bordir.

36. Biz ulardan (Quraysh kofirlaridan) ilgari ulardan kuchli-quvvatliroq bo‘lgan qancha asr-avlodni halok kildik. Bas, o‘shalar (Biz boshlariga tushirgan balodan qochib), biron najot bormikan, deb shaharlarda izg‘ib yurdilar, (lekin halokatdan qochib qutula olmadilar).

37. Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan xolda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir.

38. Aniqki, Biz osmonlar va yerni hamda ularning o‘rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik va Bizni hech qanday charchoq ushlagani yo‘q.

39. Bas, (Ey Muhammad), ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarga sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang — namoz o‘qing!

40. Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (ya’ni namozlar) ortidan U zotni poklang!

41. Va jarchi (Isrofil farishta) yaqin bir makondan turib jar soladigan Kunda (uning nidosiga) quloq tuting!

42. U Kunda ular (barcha xaloyiq) u dahshatli qichqiriqni haqqi-rost eshiturlar. Bu (qabrlardan tirilib) chiqish Kunidir!

43. Albatta Biz O’zimiz (barcha jonzotga) hayot berurmiz va o‘lim berurmiz. Yolg‘iz Bizga qaytish bordir!

44. U Kunda ularning ustidagi yer yorilib, (ular) shoshgan hollarida (qabrlaridan chiqib kelurlar). Bu (ya’ni Qiyomat kunida barcha xaloyiqni hisobkitob uchun to‘plash) yolg‘iz Bizgagina oson bo‘lgan to‘plashdir.

45. Biz ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarni juda yaxshi bilurmiz. (Ey Muhammad), siz ularning ustida (dinu-iymonga) zo‘rlaguvchi emassiz. Bas, ushbu Qur’on bilan Mening (kofirlarni azob-uqubatga giriftor qilish haqidagi) va’damdan qo‘rqadigan kishilarga pand-nasihat qiling.
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 50. "Qof"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024