Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 51. "Zoriyot"
51. "Zoriyot"
Uz-DunYoДата: Четверг, 22.12.2011, 21:40:17 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Forumchi
Сообщений: 70
Награды: 2
Репутация: 2
Статус: Оффлайн
ZORIYOT SURASI
Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, oltmish oyatdan tashkil topgandir. Sura avvalida Alloh taolo O’zi yaratgan to‘rt narsa nomi bilan qasamyod qilib oxirat diyori va undagi jazo-mukofot haq ekanligini ta’kidlaydi va insonlarga notanish bo‘lgan u sirli olamning sir-sinoatini — kofirlarni yutishga hozir bo‘lib kutib turgan jahannamni va mo‘minlarga muntazir ko‘z tutib turgan jannatini ilohiy qalam bilan ta’riflab, O’z bandalarini ogohlantiradi. Bu surada ham o‘z qavmining iymon keltirmayotganidan ozurdadil bo‘lgan payg‘ambar alayhis-salomga taskin-tasalli va barcha insonlarga eslatma-ibrat bo‘lsin uchun u kishining salaflari bo‘lmish o‘tgan payg‘ambarlar va ularni yolg‘onchi qilganlari sababli turli azob-uqubatlarga duchor bo‘lgan qavm-qabilalar haqidagi ibratli qissalar zikr qilingandir. Sura insu jinning yaratilishidan ko‘zda tutilgan birdan-bir maqsad ularning Yaratganni tanib, yolg‘iz O’sha zotgagina sig‘inib-ibodat qilib o‘tishlari ekanligini ta’kidlash bilan xotima topadi. Bu sura o‘zining ilk oti «Va-z-Zoriyot» nomi bilan atalgan bo‘lib, bu kalima «Surib ketguvchi shamollarga qasam» degan ma’noni anglatadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3-4-5. (Bulutlarni) surib ketguvchi (shamol)larga, yuk (yomg‘ir) tashiguvchi (bulut)larga, (suv yuzida) yengil suzib borguvchi (kema)larga va (Allohning amri bilan (barcha) ish (lar)ni taqsimlaguvchi (farishta)larga qasamki, sizlarga va’da qilinayotgan narsa (qayta tirilish) shak-shubhasiz haqqi-rostdir!

6. Va albatta (Qiyomat kunida hisob-kitob qilinganidan keyin) jazo-mukofot voqe’ bo‘lguvchidir.

7-8. (Samodagi yulduzlar harakat qiladigan) yo‘llar egasi bo‘lgan osmonga qasamki, albatta sizlar (ushbu payg‘ambar xususida) xilma-xil so‘z ustidadirsizlar.

I z o h. Ya’ni, xuddi samodagi sayyoralarning harakat qiladigan yo‘llari xilma-xil bo‘lgani kabi sizlar ham, ey mushriklar, payg‘ambar alayhis-salom haqida turli-tuman so‘zlar aytursizlar: ayrimlaringiz u zotni «sehrgar», desangizlar, boshqalaringiz «shoir», deysizlar.

9. Undan (ya’ni Qur’ondan, payg‘ambardan Allohning ilmi azaliysida hidoyat yo‘lidan) burilgan (va saodatdan mahrum qilingan) kimsa burilib (yuz o‘girib) ketur.

10-11. (Haq payg‘ambarni «yolg‘onchi, sehrgar, shoir» deguvchi) o‘sha yolg‘onchilarga — (jaholat) girdobida adashib yurguvchi bo‘lgan kimsalarga o‘lim – la’nat bo‘lgay!

12. Ular jazo (qiyomat) Kuni qachon bo‘lishini so‘rarlar.

13. (U Kun) ular do‘zaxda tekshiriladigan — yondiriladigan Kunda bo‘lur.

14. (O’shanda ularga aytilur): «Azoblaringizni totinglar! Sizlar (hayoti dunyodalik paytingizda) shoshtirguvchi bo‘lgan narsa mana shudir!»

15-16. Albatta taqvodor zotlar (u Kunda) Parvardigor o‘zlariga ato etgan narsalarni (ajr-mukofotlarni) qabul qilgan hollarida jannatlar va buloqlar ustida bo‘lurlar. Zero ular bundan ilgari (ya’ni hayoti dunyodalik chog‘larida) chiroyli amallar qilguvchi edilar.

17. Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar.

18. Va saharlarda ular (qilgan sahvu-xatolari uchun Parvardigordan mag‘firat so‘rar edilar.

19. Ularning mol-mulklarida so‘raguvchi va (mol-davlatdan) mahrum-muhtoj kishilar uchun (ajratilgak) haq-ulush bo‘lar edi.

20-21. (Ey insonlar), yerda (undagi tog‘u toshlar va vodiy-daralarda, dengizlar va daryolarda, hayvonot va nabotot olamida) hamda o‘zlaringizda (ushbu hayotga kelib-ketishingizdan tortib, vujudlaringizdagi har bir a’zoingizda, balki har bir hujayrangizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, o‘z o‘rniga joylashtirilganida va o‘z zimmasidagi Yaratgan buyurgan vazifani quloq qoqmasdan ado etib borishida) ishonguvchi zotlar uchun (Allohning qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir. Axir ko‘rmaysizlarmi?!

22. Osmonda esa sizlarning rizqu-ro‘zlaringiz (ya’ni yerda mo‘l hosil bo‘lishiga sabab bo‘lguvchi yomg‘ir) va sizlarga va’da qilinayotgan narsa (ya’ni jannat) bordir.

23. Bas, osmon va yerning Parvardigoriga qasamki, albatta u (ya’ni sizlarga va’da qilinayotgan barcha narsa) xuddi sizlarning so‘zlashingiz kabi (ya’ni so‘zlagan so‘zlaringiz o‘zlaringiz uchun qandoq haq bo‘lsa, ana shunday) haqqi-rostdir!

24. (Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi?

25. O’shanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib, «Salom», deyishgan edi, u ham: «Salom, (Bular) notanish qavm-ku?», dedi.

26-27. So‘ng u asta oilasi oldiga chiqib, (qovurilgan) bir semiz buzoqni keltirdida, uni ularga yaqin qilib, «(Taomdan) yemaysizlarmi?» dedi.

28. (Lekin mehmonlar ovqatga qo‘l cho‘zishmagach), ulardan xavfsiray boshladi. (Shunda) ular: «Qo‘rqmagin. (Bizlar farishtalarmiz, shuning uchun taom yemaymiz)», dedilar va (Ibrohimga) bir dono o‘g‘il xushxabarini berdilar.

29. Shunda (ularning so‘zini eshitib turgan Ibrohimning) xotini qichqirgancha keldi-da, (bu xushxabardan ajablanganidan) o‘zining yuziga urib: «(Axir men) tug‘mas kampir(man)ku!» dedi.

30. Ular aytdilar: «Parvardigoring mana shunday dedi. Albatta Uning O’zigina hikmat va bilim Sohibidir».

YIGIRMA YETTINCHI JUZ’

31. (Ibrohim) dedi: «Ey elchilar, ne yumush bilan keldingiz?»

32-33-34. Ular aytdilar. «Bizlar bir jinoyatchi qavmga (ya’ni, Lut qavmiga) ularning ustidan, Parvardigorning huzurida haddan oshuvchi kimsalar uchun belgilab qo‘yilgan loydan-sopoldan bo‘lgan (ya’ni, har bir halok qilinguvchi kofirning nomi yozilgan) toshni yog‘dirish uchun yuborilgandirmiz.

35. Bas, Biz u joydagi mo‘minlardan bo‘lgan kishilarni chiqarib yubordik.

36. (Lekin) u joyda bir xonadondan (ya’ni, Lut payg‘ambar xonadonidan) o‘zga musulmonlarni topmadik.

37. Biz (u qishloqdagi barcha kofirlarni halok qilganimizdan so‘ng) alamli azobdan qo‘rqadigan zotlar (ibrat olishlari) uchun u joyda oyat-alomat qoldirdik.

I z o h. Ushbu oyati karimada Allohning qudratiga dalolat qiladigan oyat-alomatlardan faqat oxiratdagi alamli azobdan qo‘rqadigan kishilargina pand-nasihat olishlari ta’kidlab o‘tildi. Endi, Ibrohim alayhis-salomga yuborilgan farishtalar va ularning Lut qavmidan kofir bo‘lgan kimsalarni halok qilganlari haqidagi ibratli qissa hikoya qilingach, navbatdagi oyatlarda kofir bo‘lganlari sababli halokatga duchor qilingan boshqa bir qancha qavmlar to‘g‘risida qisqacha xabarlar beriladi.

38. Muso (qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz uni ochiq hujjat bilan Fir’avn oldiga yuborgan edik.

39. U o‘z arkoni (davlati)ga suyanib (Musoga iymon keltirishdan) yuz o‘girdi va «(Muso yo) sehrgar, yoki majnun», dedi.

40. Bas, Biz uni ham, qo‘shinlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik — g‘arq qilib yubordik. U (Fir’avn o‘zining kibru havosi va kufru isyoni sababli har qanday) malomatga loyiqdir.

41. Od (qabilasining qissasi) da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz ularning ustiga tug‘mas (ya’ni hech qanday foyda yetkazmaydigan) bo‘ronni yuborgan edik.

42. U (bo‘ron) nimaning ustidan o‘tsa, albatta uni (halok etib) xuddi chiribbitgan suyaklar kabi qilib qo‘yar edi.

43. Samud (qabilasining qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, ularga (Alloh tomonidan mo‘jiza qilib yuborilgan tuyani so‘yib yuborgan paytlarida) “bir vaqtgacha (ya’ni uch kungacha tiriklik ne’matidan) bahramand bo‘lingiz”, deyilgan edi.

44. Bas, ular Parvardigorning amri(ga igoat etish)dan kibr-havo qilishgach, qarab turgan hollarida ularni chaqmoq urdi.

45. Bas, ular (u chaqmoqdan qochib qutulish uchun o‘rinlaridan) turishga ham qodir bo‘lmadilar va (biron kimsa tomonidan) yordam olguvchi ham bo‘lmadilar!

46. (Mazkur qavmlardan) ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgandirmiz). Chunki ular fosiq-itoatsiz qavm edilar.

47. Osmonni Biz qudrat bilan barpo qildik. Darhaqiqat Biz qudratlidirmiz.

48. Yerni esa yoyiq-keng qilib qo‘ydik. Bas, (Biz) naqadar yaxshi yoyguvchidirmiz.

49. Sizlar eslatma-ibrat olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik.

50. (Ey Muhammad), ularga ayting: «Bas, Allohga (iymon keltirish uchun) chopinglar-shoshinglar! Albatta men sizlar uchun U zot(ning azobi)dan ochiq ogohlantirguvchidirman.

51. Va sizlar Alloh bilan birga yana boshqa biron iloh bor, demanglar! Albatta men sizlar uchun U zot(ning azobi)dan ochiq ogohlantirguvchidirman».

52. Xuddi shuningdek, (ya’ni sizni sehrgar, majnun, shoir deganlari kabi) ulardan (ya’ni, Makka mushriklaridan) avvalgi (kofir bo‘lgan) kimsalarga biron payg‘ambar kelganida, ular ham albatta (o‘sha payg‘ambarni yo) sehrgar, yoki majnun der edilar.

53. Ular o‘sha (so‘z)ni bir-birlariga vasiyat qilib qoldirganmilar? Yo‘q, (zotan ular bir-birlaridan yiroq zamonlarda va makonlarda yashab o‘tganlari sababli o‘zaro vasiyat qilish imkoniga ega emaslar, lekin faqat bir narsa ularning barchalaritsi yuqoridagi kabi so‘zlarni aytishga majbur etar) — ular tug‘yonga tushgan qavmdirlar!

54. Bas, (ey Muhammad), siz ulardan yuz o‘giring! Endi (zimmangizdagi payg‘ambarlikni to‘la yetkazganingizdan so‘ng kofirlardan yuz o‘girsangiz) siz malomat qilinguvchi emassiz.

55. Va (Qur’on bilan) pand-nasihat qiling! Zero u pand-nasihatlar mo‘minlarga naf’ yetkazur.

56. Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.

57. Men ulardan biron rizq istamasman va ular Meni taomlantirishini istamasman.

58. Zero Allohning O’zigina (barcha xaloyiqqa) rizqu ro‘z berguvchi, kuchquvvat sohibi va qudratlidir.

59. Bas, zolim-kofir bo‘lgan kimsalar uchun shak-shubhasiz xuddi (ilgari o‘tgan kofir) do‘stlarining nasibalari kabi (azobdan iborat) nasiba bordir. Bas, ular Meni(ng azobimni) shoshtirmay qo‘ya qolsinlar!

60. Bas, kofir bo‘lgan kimsalar uchun ularga va’da qilinayotgan (azobga giriftor qilinadigan) Kunlarida halokat bo‘lgay!
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 51. "Zoriyot"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024