Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 52. "Tur"
52. "Tur"
Uz-DunYoДата: Четверг, 22.12.2011, 21:40:58 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Forumchi
Сообщений: 70
Награды: 2
Репутация: 2
Статус: Оффлайн
TUR SURASI
Bu sura Makkada nozil bo‘lgan. U qirq to‘qqiz oyatdir. Sura avvalida Tangri taolo besh narsaga qasamyod qilib, Qiyomat kunidagi kofirlar ustiga tushadigan azob haq ekanligini uqtiradi. So‘ngra Alloh taolodan qo‘rquvchi taqvo egalari uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat va unda kelajak mangu saodatli hayot haqida so‘z boradi. Shuningdek, bu surada Qur’oni Karimga iymon keltirmagan va Muhammad alayhissalomni yolg‘onchi qilgan kimsalarning barcha da’volari puch va asossiz ekanligi rad etib bo‘lmaydigan dalillar vositasida ochib beriladi. Sura nihoyasida payg‘ambar alayhis-salomni Alloh taoloning hukmi ilohiysiga sabr qilishga buyurilib, ertayu-kech Allohni poklab tasbeh aytishga da’vat etiladi. Sura o‘zining ilk oyati nomi bilan «Va-t-Tur» — «Tur tog‘iga qasam», deb atalgandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Tur (tog‘i)ga,

2-3. Ochiq sahifaga yozilgan Kitobga (Qur’onga),

4. Baytul-Ma’murga (Obod Uyga),

5. Baland ko‘tarilgan tomga (osmonga),

6. Va to‘lib-toshgan dengizga qasamki,

7. Parvardigoringizning azobi shak-shubhasiz voqe’ bo‘lguvchidir!

8. Uning uchun biron daf’ qilguvchi – to‘siq yo‘qdir.

I z o h. Yuqorida zikr qilingan «Baytul-Ma’mur — Obod Uy»dan murod Alloh taoloning amri bilan Odam alayhis-salom bino qilgan Baytulloh bo‘lib, Nuh payg‘ambar zamonlarida ro‘y bergan to‘fon balosida Alloh taoloning amri bilan farishtalar u uyni yettinchi osmonga olib chiqib ketgan ekanlar. Uning «Obod Uy» deb atalishiga sabab u uyni har kuni yetmish ming farishta tavof qilishidir.

9. U Kunda osmon titrab-chayqalur;

10. Va tog‘lar ham (o‘rnashgan joylaridan jilib), yo‘lga tushur!

11-12. Ana o‘sha Kunda (payg‘ambarlarni) yolg‘onchi qilguvchi, o‘zlari sho‘ng‘igan noto‘g‘ri yo‘llarida adashib yuradigan kimsalarga halokat bo‘lur!

13. U Kunda ular jahannam o‘tiga haydalurlar!

14. (Va ularga deyilur): «Sizlar yolg‘on deb yurgan do‘zax mana shudir!»

15. Qani, bu (azob) ham sehrmi, yoki sizlar (hayoti dunyoda Haqni ko‘ra olmaganlaringiz kabi bu azobni ham) ko‘rmayapsizlarmi?!

16. (Do‘zaxga) kiringiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar, sizlarga barobardir! (Ya’ni u azob sizlardan yengillatilmas). Sizlar faqat o‘zlaringiz qilib o‘tgan qilmishlaringizning jazosini tortursizlar!»

17-18. Taqvodor zotlar esa ularga Parvardigorlari ato etgan narsalar bilan shod-xurram bo‘lgan hollarida shak-shubhasiz jannatlar va ne’matlar ichra barqarordirlar. Parvardigorlari ularni do‘zax azobidan saqlagandir.

19-20. (Ularga): «Sizlar qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli qator tizilgan so‘rilar ustida yastangan hollaringizda ko‘ngildagidek yeb-ichinglar», (deyilur) va Biz ularga shahlo ko‘zlarni jufti halol qilib berdik.

21. O’zlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (o‘sha) zurriyotlarini qo‘shdik va ularga qilgan amallaridan biron narsani ham kamitmadik. Har bir kishi o‘zi kasb qilgan ishi bilan garovga olinguvchidir — ushlanguvchidir.

I z o h . Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: Agar ajdodlar hayoti dunyodan iymon va ezgu amallar bilan o‘tib, Alloh taolo nazdida yuksak darajotlarga erishsalar va ularning farzandlari ham ularga iymon bilan ergashsalar-u, ammo ota-bobolari muyassar bo‘lgan baland maqomlarga ko‘tarila olmasalar-da, Tangri taolo ularni ham otabobolariga qo‘shib, barchalariga O’zi va’da qilgan jannatdan joy ato etadi, ammo farzandlari sababli ajdodlarning ajr-mukofotlarini zarracha kamitmaydi. Chunki har bir jon o‘zi qilgan ishiga javobgardir. Endi quyidagi oyatlarda yana o‘sha ahli jannatga ato etiladigan baxt-saodat va nozne’matlar zikr qilinadi.

22. Yana Biz ularni ko‘ngillari istaydigan meva-cheva va go‘sht bilan quvvatlantirdik.

23. Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib – qo‘lma-qo‘l qilib ichurlarki, u (sharob)da (ya’ni uni ichganlari sababli) na behuda-sergaplik va na gunoh bo‘lar.

24. Ularning ustida go‘yo (sadaf ichida) yashiringan gavhardek (pokiza va xushsurat) g‘ulomlari aylanib (xizmatga hozir bo‘lib) turur.

25-26. Ular bir-birlariga boqishib, basti-javob qilishib, deydilar: «Haqiqatan bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli-oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda oxiratda Allohnin azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik.

27. Mana, Alloh bizlarga marhamat ko‘rguzdi va bizlarni samumdan (ya’ni badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan do‘zaxiy shamoldan) saqladi.

28. Darhaqiqat bizlar ilgari (hayoti-dunyoda) U zotga duo-iltijo qilar edik. Albatta Uning O’zigina marhamatli, mehribondir».

29. Bas, (ey Muhammad) siz insonlarga Qur’on oyatlari bilan) pand-nasihat qilavering! Chunki siz Parvardigoringizning ne’mat-marhamati bilan kohinfolbin ham, majnun ham emasdirsiz.

30. Balki ular (mushriklar): «(Muhammad), bir shoirdir. Bizlar unga zamon hodisot-balolari (etishi)ni kuturmiz», derlar?!

31. Ayting: «Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutguvchilardandirman. (Qani, baloga kim yo‘liqar ekan)».

32. Balki ularning «aqllari» mana shunday («dono» so‘zlarni aytishga) buyurar?! Yoki ular tug‘yonga tushgan qavmlar(ki, bunday so‘zlarni aytishlariga sabab o‘sha tug‘yonmi)?!

33. Balki ular: (Muhammad Qur’onni) «o‘zi ichidan to‘qib olgan», derlar?! Yo‘q, ular iymon keltirmaslar!

34. U holda agar rostgo‘y bo‘lsalar o‘zlari ham o‘sha (Qur’on)ga o‘xshash biron so‘z — kitob keltirsinlar-chi?!

35. Balki ular hech narsadan (ya’ni, Yaratguvchisiz) yaralib qolgandirlar?! Yoki ular o‘zlari yaratguvchimikanlar-a?!

36. Balki osmonlar va yerni ham ular yaratgandirlar?! Yo‘q, ular ishonmaslar!

37. Balki ularning huzurlarida Parvardigoringizning xazinalari bordir?! Yoki ular (butun borliqni) boshqarib turguvchimikanlar-a?!

38. Balki ularning (osmonga ko‘tarilib, farishtalarning so‘zlarini) eshitib oladigan narvonlari bordir?! U holda ularning eshitib olguvchilari (o‘zlarining haqiqatan Allohning amridan xabardor bo‘lganiga) biron ochiq hujjat keltirsinchi?!

39. (Ey mushriklar), balki qizlar U zotniki-yu, o‘g‘illar sizlarnikidir?!

I z o h. Ya’ni sizlar «Farishtalar Allohning qizlari», deb da’vo qilasizlar. Qay bir hujjat bilan bunday demoqdasizlar?! Sizlar «dono»liklaringizdan o‘zlaringiz yomon, ko‘radigan va orlanadigan qizlarni Allohniki deb, o‘g‘il bolalarni o‘zlaringizniki qilib olmoqchimisizlar?! Agar shu «dono»liklaringiz bo‘lsa, sizlarning Qur’onni ham, payg‘ambarni ham, o‘lgandan keyin qayta tirilishni ham inkor qilishlaringiz hech tong emasdir!

40. (Ey Muhammad), balki siz ulardan (o‘z da’vatingiz uchun) ajr-haq so‘rayotgandirsizki, ular (o‘sha) to‘lov(ni to‘lash)dan qiynalib qolgandirlar (va shu sababli iymon keltirmayotgandirlar)?

41. Balki ularning huzurlarida g‘ayb (ilmi — Alloh taoloning O’z bandalaridan yashirgan sirlari) bo‘lib, ular (o‘sha sirlarni) yozib olayotgandirlar (va shu sababli siz keltirgan xabarlarga ishonmayotgandirlar?!) Aslo undoq emasdir! U holda nega ular sizga iymon keltirmaslar?!

42. Balki ular (sizni halok qilish uchun) biron hiyla-nayrang qilmoqchidirlar?! U holda o‘sha kofir bo‘lgan kimsalarning o‘zlari hiyla-nayrangga giriftor bo‘lurlar!

43. Balki ular uchun Allohdan o‘zga biron «iloh» bordir?! Alloh ularning shirklaridan pokdir!

44. Agar ular (ustlariga ularni halok qilish uchun) osmondan bir bo‘lak-parcha tushayotganini ko‘rsalar (o‘shanda ham iymon keltirmaslar, balki «Bu to‘plangan bulutdir», derlar.

45. Bas, (ey Muhammad) siz ularni toki o‘zlari halok qilinadigan kunlariga ro‘baro‘ bo‘lgunlaricha tark qiling!

46. U Kunda ularning hiyla-nayranglari biron foyda bermas va ularga yordam ham berilmas!

47. Albatta zolim-kofir bo‘lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomat kunidan) ilgari mana shu dunyoda) ham azob-uqubat(lar) bordir, lekin ularning ko‘plari (buni) bilmaslar!

48. (Ey Muhammad) siz Parvardigoringizning hukmiga (ya’ni mushriklarni darhol azobga duchor qilmaganiga va sizni turli mashaqqatli sinovlar bilan imtihon qilishiga) sabr qiling. Zotan siz shak-shubhasiz Bizning ko‘z o‘ngimizda (ya’ni hifzi-himoyamizda)dirsiz. Va (tongda uyqudan) turgan paytingizda Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni barcha ayb-nuqsondan) poklang!

49. Shuningdek kechadan (bo‘lgan soatlarda) va yulduzlar yuz o‘girib ketgach (ya’ni sahar paytlarida) ham U zotga tasbeh ayting!
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 52. "Tur"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024