Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 54. "Qamar"
54. "Qamar"
Uz-DunYoДата: Четверг, 22.12.2011, 21:42:07 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Forumchi
Сообщений: 70
Награды: 2
Репутация: 2
Статус: Оффлайн
QAMAR SURASI
Bu sura ham Makka suralaridan bo‘lib, ellik besh oyatdir. U payg‘ambar alayhis-salomga ato etilgan mo‘jizalardan biri – Oyning bo‘linishi haqidagi oyati karima bilan boshlanadi. Suraning «Qamar – Oy» deb nomlanishining boisi ham shudir. So‘ngra barcha odamlar «go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi qabrlaridan chiqib keladigan» Qiyomat kuni va u Kunda ro‘y beradigan dahshatli hodisalar tasvirlanadi. Bu surada ham o‘tmishdagi o‘zlariga yuborilgan payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilgan qavmlarning mana shu dunyodayoq halokatga duchor etilganliklari uqtirilib, ularning oxiratda ko‘rajak azob-uqubatlari yanada dahshatliroq ekanligi to‘g‘risida ham xabar beriladi. Sura taqvo egalari uchun Alloh taolo huzurida tayyorlab qo‘yilgan go‘zal oqibat — jannatning tavsifi bilan xotima topadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi.

2. Agar ular (Quraysh kofirlari Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladigan) biron oyat-mo‘jiza ko‘rsalar (ham u payg‘ambarga iymon keltirish o‘rniga) yuz o‘girurlar va «(Bu) har doimgi sehrku! » derlar.

I z o h . Juda ko‘p sahobalar tomonidan rivoyat qilinishicha, Makka kofirlari payg‘ambar alayhis-salomga: «Agar sen chin payg‘ambar bo‘lsang, bizlarga anavi oyni ikkiga bo‘lib ber-chi», dedilar va agar u zot shu ishni qila olsalar, iymon keltirishlarini aytishdi. O’shanda oy to‘lgan kecha edi. Shundan so‘ng rasululloh Parvardigoriga iltijo qilib, fazlu marhamatini darig‘ tutmasligini yolvorib so‘ragan edilar, banogoh to‘lin oy qoq o‘rtasidan bo‘linib, yarmi Safo tog‘i ustida, yarmi esa uning ro‘baro‘sidagi Qayqaon tog‘i ustida paydo bo‘ldi. Bu mo‘jizani ko‘rib turgan mushriklar... «Muhammad bizlarni sehrlab qo‘ydi. Mayli, u hamma odamlarni sehrlay olmaydi-ku, bu yerda xozir bo‘lmagan kishilardan so‘raymiz», dedilar. Mana shu paytda Makkaga kirib kelgan karvon ahlidan so‘rashgan edi, ular ham yo‘lda kelishayotganida oyning ikkiga bo‘linganini ko‘rganlarini aytdilar. Lekin Abu Jahl (Johil – nodonlarning otasi) laqabli bir mushrik boshliq kofirlar «Bu har doimgi sehrlardan biri» degan gapdan nariga o‘tmadilar. Shunda yuqoridagi oyatlar nozil bo‘ldi.

3. Ular (payg‘ambarni) yolg‘onchi qildilar va havoyi nafslariga ergashdilar. — Har bir ish (o‘z) joyini topguvidir (ya’ni garchi kofirlar yuz o‘girsalar-da, bu haq din yer yuzida qaror topur).

4-5. — Holbuki ularga (ilgari o‘tgan kofirlarning) xabarlaridan iborat bir narsaetuk hikmat keldiki, unda (kufru zalolatdan) tiyilish (lozim ekanligini uqtirguvchi ibratlar) bor edi. (Lekin ular o‘zlarining kufrlaridan tiyilmadilar). Bas, (ularga hech qanday) ogohlantirish foyda bermas!

6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz o‘giring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bo‘lgan bir narsaga (ya’ni Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!

8. Chorlaguvchi tomoniga shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar «Bu og‘ir kundir», derlar.

9. Ulardan (Makka kofirlaridan) ilgari Nuhning qavmi ham (uni) yolg‘onchi qilgan edi. — Ular Bizning bandamiz (Nuh)ni yolg‘onchi qilishib: «(U) bir majnun», dedilar va u (o‘z payg‘ambarlik vazifasini ado etishdan) to‘sib qo‘yildi.

10. Shunda u Parvardigoriga: «Men (u kofir qavmimdan) mag‘lubdirman. O’zing yordam qilgin», deb duo-iltijo qilgan edi.

11. Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyilguvchi suv — sel bilan ochib yubordik.

12. Va barcha yerdan chashmalar chiqarib yubordik. Bas, (osmon va yerning) suvi taqdir qilib qo‘yilgan bir ish (ya’ni kofirlarni g‘arq qilib yuborish) ustida uchrashdilar!

13. Uni (Nuhni) esa taxtayu-mixlar egasida (ya’ni taxtalar va mixlardan yasalgan bir kemada) ko‘tardik.

14. U (kema) Bizning ko‘z o‘ngimizda (hifzu-himoyamizda) suzar. (Bu o‘z qavmi tomonidan payg‘ambarligi) inkor qilingan kishi (ya’ni Nuh payg‘ambar) uchun mukofotdir.

15. Darhaqiqat, Biz u (To‘fon balosi)ni bir oyat-ibrat qilib qoldirdik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?!

16. Bas, Mening (payg‘ambarlarimni yolg‘onchi qilgan kimsalarga ko‘rsatgan) azobim va ogoxlantirish qandoq bo‘ldi?!

17. Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?

18. Od (qabilasi ham o‘zlariga yuborilgan Hud payg‘ambarni) yolg‘onchi qildi. Bas, Mening azobim ogoxlantirishim qandoq bo‘ldi?!

19-20. Darvoqe’, Biz ularning ustiga bir davomli nahs kunida (ya’ni nahsshumligi xech ketmaydigan kunda) bir dahshatli bo‘ronni yubordikki, u odamlarni go‘yoki ular sug‘urib olingan xurmo (daraxti)ning tanalaridek yulibuchirib ketur.

21. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo‘ldi?!

22. Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?!

23. Samud (qabilasi ham Solih payg‘ambar keltirgan) ogohlantirishlarni yolg‘on dedi.

24. Bas, ular aytdilar: «Bizlar o‘zimizning oramizdagi bir odamga (payg‘ambar deb) ergashurmizmi?! U holda bizlar haqiqatan ham gumroxlik va ahmoqliknodonlikda bo‘lurmiz-ku!

25. Bizlarning oramizdan ana o‘shanga eslatma – vahiy tashlanibdimi?! Yo‘q, u haddan oshgan yolg‘onchidir».

26. Ular ertaga (oxiratda) kim haddan oshgan yolg‘onchi ekanligini bilib olajaklar.

27. Albatta Biz ularni imtihon qilish uchun bir tuya yuborguvchidirmiz. Bas, (ey Solih), sen (ularning qilmishlarini) kuzatib va (ozor-aziyyatlariga) sabr qilib turavergin!

28. Va suvning ular (bilan tuya) o‘rtasidagi taqsimlab qo‘yilgani (ya’ni suvdan bir kun ular ichsalar, bir kun tuya ichishligi lozim ekanligi) va har bir ichishga (navbat kelganida) hozir bo‘linishi haqida ularga xabar bergin!

29. So‘ng ular (Samud qabilasi) o‘zlarining bir sheriklarini (tuyani o‘ldirish uchun) chorlagan edilar, u (kelib qilichini) oldi-da, (tuyani) so‘yib yubordi.

30. Bas, Mening azobim va ogoxlantirishim qandoq bo‘ldi?!

31. Darvoqe’ Biz ularning ustiga bir dahshatli qichqiriq yuborgan edik, ular xuddi (qo‘ylari uchun) qo‘ra yasovchining (qo‘rasidan to‘kilgan) xas-xashak kabi bo‘lib qoldilar.

32. Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?

33. Lut qavmi (u keltirgan) ogohlantirishlarni yolg‘on dedi.

34. Darvoqe’, Biz ularning ustiga (tosh) bo‘ron yubordik. Magar Lut xonadonigagina tong-saharda najot berdik.

35. (Bu najot) Bizning huzurimizdan bo‘lgan bir ne’matdir. Shukr qilgan kishilarni Biz mana shunday mukofotlaymiz.

36. Aniqki, (Lut) Bizning (azob bilan) ushlashimizdan ularni (ya’ni o‘z qavmini) ogoxlantirgan edi, (ammo) ular ogohlantirishlardan shubhalanib, yolg‘on dedilar.

37. Aniqki, ular (Lutning) mehmon(lar)ini yo‘ldan urmoqchi bo‘ldilar. Bas, Biz ularning ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘ydik: «Endi Mening azobimni va ogoxlantirishimni totib ko‘ringlar!»

38. Haqiqatan erta tongda ularga barqaror-mangu azob keldi.

39. Endi Mening azobimni va ogoxlantirishimni totib ko‘ringlar!

40. Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?!

41. Aniqki, Fir’avn xonadoniga ham ogoxlantirishlar keldi.

42. Ular Bizning barcha oyat-mo‘jizalarimizni yolg‘on deganlaridan so‘ng, Biz ularni kuchli-qudratli zotning ushlashi bilan ushladik (ya’ni, barchalarini dengizga g‘arq qilib, yubordik!)

43. (Ey Makka ahli), sizlarning kofirlaringiz ana o‘shalardan yaxshiroqmiortiqroqmi, yoki sizlar uchun (samoviy) kitoblarda ora ochiqlik (vasiqasi) bormi (ya’ni sizlar kofir bo‘lib, o‘z payg‘ambarlaringizni yolg‘onchi qilsangizlar ham hech qanday azob-uqubatga yo‘liqmasliklaringiz to‘g‘risida vasiqalaringiz bormi)?!

44. Balki, ular: «Biz g‘olib jamoatdirmiz», deyishar?!

45. Yaqinda o‘sha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar!

I z o h. Ushbu oyat payg‘ambar alayhis-salomning chin payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladigan, kelajakda sodir bo‘ladigan hodisa haqidagi xabarlardan biridir. Darvoqe’ mana shu oyat nozil bo‘lganidan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay «Badr» jangida o‘sha mag‘rur mushriklar yengilib, ortlariga qarab qochib qoldilar.

46. (Bugina emas), balki ularga (mangu azob uchun) va’da qilingan vaqt (Qiyomat) soatidir. U soat yanada balolik, yanada achchiqdir!

47. Albatta jinoyatchi-osiy kimsalar gumrohlik va ahmoqlikdadirlar.

48. Ular yuztuban hollarida do‘zaxga sudraladigan Kunda (ularga): «Do‘zax azobini totib ko‘ringlar!» (deyilur).

49. Albatta Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratdik.

50. (Yaratmoqchi bo‘lgan har bir narsamiz uchun) Bizning farmonimiz faqat birgina (ya’ni, «Bo‘l», degan) so‘zdir. (Bas, o‘sha narsa) ko‘z yumib ochguncha (yo‘qdan bor bo‘lur).

51. Qasamki, Biz sizlarning o‘xshashlaringizni halok qildik. Bas, biron eslatmaibrat olguvchi bormi?

52. Ular qilgan har bir narsa kitoblarda (nomai-a’mollarida) bordir.

53. Har bir kichik va katta (amal Lavhul-Mahfuzda) bitilmishdir.

54-55. Albatta taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar (usti)da Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo‘lingan o‘rinda bo‘lurlar.

--------------------------------------------------------------------------------
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 54. "Qamar"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024