Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 55. "Rahmon"
55. "Rahmon"
Uz-DunYoДата: Четверг, 22.12.2011, 21:42:42 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Forumchi
Сообщений: 70
Награды: 2
Репутация: 2
Статус: Оффлайн
RAHMON SURASI
Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, yetmish sakkiz oyatdir. U o‘zining ilk oyatida Alloh taoloning Rahmon — Mehribonligini uqtirib, U zotning O’z bandalariga ko‘rsatgan eng katta marhamati – ularga butun hayotlari uchun dasturilamal bo‘lgan Qur’oni Karimni tushirgani ekanligini ta’kidlaydi. So‘ngra koinotdagi eng katta sayyoralardan tortib, eng mayda zarragacha bo‘lgan barcha mavjudot Tangri taolo tomonidap o‘ta nozik hisob-kitob bilan yaratilgani va ulardan har biri o‘z zimmasiga qo‘yilgan vazifani bajarishda Yaratganga so‘zsiz itoat etishi bayon qilinib, insonlar uchun ham o‘zaro oldi-berdi muomalalarida adlu-insof bilan ish tutsinlar, deb mezon-tarozu barpo qilingani uqtiriladi. Bu surada mo‘minlarga ato etiladigan jannat ne’matlari va kofirlarga ko‘z tutib turgan do‘zax azobi batafsil bayon etiladi va o‘zga suralarda guvoh bo‘linmagan bir uslub qo‘llanib, Alloh taoloning qudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan har bir jumladan so‘ng, ya’ni sura davomida o‘ttiz bir bor insu-jinga qarab: «Bas, Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!» deb xitob qilinadi. Sura Tangri taoloning buyuk va barakotli zot ekanligini yana bir bor ta’kidlash bilan xotimalanadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2. Mehribon (Alloh Muhammad payg‘ambar va uning ummatlariga) Qur’onni ta’lim berdi.

3-4. U zot insonni yaratib, unga (dilidagi maqsadini bayon eta olishi uchun) bayonni (nutqni) ta’lim berdi.

5. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob-o‘lchov bilan (joriy bo‘lur).

6. O’t-o‘lan ham, dov-daraxt ham (yolg‘iz Allohga) sajda qilur — bo‘yinsunur.

7-8. U zot osmonni baland qilib qo‘ydi va sizlar tosh-tarozida tug‘yonga tushmasliklaringiz (ya’ni o‘zgalarga zulm qilmasliklaringiz) uchun mezontarozini o‘rnatdi.

9. (Ey insonlar, o‘zaro oldi-berdi muomalalaringizda) to‘g‘ri, adolat bilan tortinglar va tarozidan urib qolmanglar!

10. Yerni U zot (jamiyki) jonzotlar uchun (ya’ni ular joylashib, foydalanishlari uchun) past-tekis qilib qo‘ydi.

11. Unda (turli-tuman) meva-cheva va gulkosali xurmo daraxtlari bor.

12. Yana somonli don-dun va xushbo‘y (gullar) bor.

13. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya (ya’ni inkor qila) olursizlar?!

14. U zot insonni (yani Odam alayhis-salomni) sopol kabi qurigan qora loydan yaratdi.

15. Jinlarni esa alanga-olovdan yaratdi.

16. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

17. (Alloh) ikki sharqning (ya’ni kun va oy botadigan joylarning) ham Parvardigoridir.

18. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

19. U zot ikki dengiz-daryoni bir-birlari bilan uchrashadigan hollarida (yonmayon) oqizib qo‘ydi.

20. (Ammo) u ikkisining o‘rtalarida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshib o‘tmaslar.

I z o h. Ma’lumki, dengiz qa’ri ham, daryo tubi ham suv bemalol sizib o‘ta oladigan qumloq yoki tuproqdir. Ko‘p hollarda sho‘r suvli dengiz bilan chuchuk suvli daryo yoki ko‘l shundoq yonma-yon joylashib ham qoladi. Lekin Alloh taoloning qudrati bilan ulardan birining sho‘ri ikkinchisiga urib ketmaydi.

21. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

22. U ikkisidan (biri bo‘lmish dengizdan) marvarid va marjonlar chiqur.

23. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

24. Dengizdagi tog‘lar kabi baland ko‘tarilgan qatnovchilar (ya’ni yelkanli kemalar) ham yolg‘iz U zotnikidir.

25. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

26. (Yer) yuzidagi barcha jonzot foniydir.

27. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning yuzi — O’zigina boqiy mangu qolur.

28. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

29. Osmonlar va yerdagi (barcha) jonzot (Unga muhtojdir va bor tilakmaqsadlarini yolg‘iz) Undan so‘rar. U zot har kuni ish-amaldadir.

I z o h. Ushbu oyati karima o‘zi mo‘‘jaz bo‘lishiga qaramasdan Islomiy aqidaning asosiy ruknlaridan birini to‘la ifodalagandir. Ya’ni, yeru osmonda Alloh taologa muhtoj bo‘lmagan va Undan madad-yordam tilamagan biron jonzot yo‘qdir. U zot har kuni, har soat, har lahzada O’zi yaratgan koinotdagi barcha jon zotni boshqarib-parvarish qilib turadigan Parvardigordir. Bu oyat, «Alloh taolo borliq va undagi narsalarni yaratgach, ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygan», deydigan ayrim faylasuflarga ochiq raddiyadir.

30. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

31. Yaqinda (Qiyomat qoyim bo‘lgan Kunda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun forig‘ bo‘lajakmiz, ey insu jinlar!

I z o h . Ya’ni, ozgina fursat o‘tgach, hayoti dunyo tugab, undagi ish-amal bitar va Alloh taolo barcha insonlar va jinlarning hayotlarida qilib o‘tgan amallarini hisob-kitob qilish va munosib mukofot-jazo berish uchun forig‘ bo‘lur. U Kunda Tangri taoloning odil jazosidan hech kim qochib qutula olmas. Quyidagi oyatlarda so‘z shu haqda boradi.

32. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

33. Ey jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va yer chegaralaridan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch-qudrat bilangina o‘ta olursizlar, (lekin u Kunda sizlarda hech qanday kuch-qudrat bo‘lmas)!

34. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

35. (U Kunda) sizlarning ustingizga olovdan bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (undan hargiz) qutula olmassizlar!

36. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

37. Endi qachon (Qiyomat qoyim bo‘lgach) osmon yorilib, (jahannam haroratidan qizib ketgan) teri kabi qizarib qolganida,

38. Bas, (ey insonlar va jinlar). Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

39. Ana o‘sha Kunda na bir ins va na bir jin (qilib o‘tgan) gunohidan so‘ralmas!

40. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

41. (Chunki u Kunda) jinoyatchi-osiy kimsalar siymo-belgilaridan tanilib, peshona va oyoqlaridan olinurlar (va jahannamga otilurlar)!

42. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

43. Jinoyatchi-osiy kimsalar yolg‘on deydigan jahannam mana shudir!

44. Ular o‘sha (jahannam) bilan o‘ta qaynoq suv o‘rtasida aylanaverurlar!

I z o h . Ya’ni, hayoti-dunyodan kufru-isyon bilan o‘tgan kimsalar oxiratda do‘zax o‘tida kuyar ekanlar, do‘zax xodimlari bo‘lmish farishtalardan biron qultum suv berishni so‘rarlar. Shunda ularga qaynoq suv berilib, yana do‘zaxga otilurlar va bu hol abadulabad davom etur. Mazkur oyatlarda kofirlar duchor bo‘lajak azob-uqubatlar bayon etildi. Endi quyida keladigan oyatlarda iymon egalariga ko‘z tutib turgan go‘zal oqibat — jannatdagi mangu saodatli hayot qilinadi.

45. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning kaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

46. Parvardigori (huzurida) turishidan (ya’ni o‘zining Parvardigor oldida turib, hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishdan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir.

47. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

48. (U ikki jannat son-sanoqsiz) shoh-novdalar egasidirlar, (ya’ni, sermeva va soya-salqindirlar).

49. Bas, (ey insonlar va jinlar). Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

50. U ikkisida ikki oqar chashma bordir.

51. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

52. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.

53. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

54. (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo‘lgan ko‘rpachalar ustida yastangan hollarida (o‘ltirurlar). U jannatlarning mevasi yaqin bo‘lguvchidir (ya’ni jannat axli qaybir mevani yeyishni istasa, o‘sha mevaning o‘zi ularga egilib, yaqin kelur).

55. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

56. U (jannat)larda shunday ko‘zlarini (begona erkaklarga qarashdan) tiyguvchi (qiz)lar borki, ularga (jannat axlidan) ilgari na bir ins va na bir jin tegingandir.

57. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

58. Ular (soflik va oqlikda) go‘yoki yoqut va marjondirlar.

59. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

60. Ehson-yaxshilikning jazosi-mukofoti faqat yaxshiliqdir.

I z o h . Ya’ni, hayoti-dunyodan iymon va ezgu amallar bilan o‘tgan kishining oxiratdagi mukofoti jannatdir. Ehson kalimasining lug‘aviy ma’nosi — chiroyli amal qilmoqlikdir, Payg‘ambar alayhis-salomdan «Ehson nimadir?» deb so‘ralganida, u kishi shunday javob qilgan ekanlar: «Ehson — Alloh taologa go‘yo Uni ko‘rib turgandek ibodat qilishingdir. Zotan, sen U zotni ko‘rmasang-da, U zot shak-shubhasiz seni ko‘rib turguvchidir».

61. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

62. U ikki (jannat)dan quyiroqda yana ikki jannat bordir.

63. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

64. (U ikki jannat) sersuv va seryaproqlikdan qoramtirdirlar.

65. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

66. U ikkisida tinmay otilib turguvchi ikki chashma bordir.

67. Bas, (insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

68. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.

69. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

70. U (jannat)larda xushxulq va go‘zal yuzli (ayol)lar bordir.

71. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

72. (Ular) chodirlarda asralgan hurlardir.

73. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

74. Ularga (jannat axlidan) ilgari na bir ins va na bir jin tegingandir.

75. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

76. (Jannat ahli u jannatlarda) yashil bolishlar va go‘zal gilamlar ustida yastangan hollarida (o‘ltirurlar).

77. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!

78. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning nomi barakotli — muborakdir.
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 55. "Rahmon"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024