Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 56. "Voqea"
56. "Voqea"
Uz-DunYoДата: Четверг, 22.12.2011, 21:43:18 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Forumchi
Сообщений: 70
Награды: 2
Репутация: 2
Статус: Оффлайн
VOQEA SURASI
To‘qson olti oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil bo‘lgan. Bu surada Qiyomat qoyim bo‘lishi va o‘sha paytda ro‘y beradigan dahshatli voqeahodisalar hamda u Kunda kishilar uch toifaga bo‘linib qolishlari haqida xabar beriladi va sura davomida har bir toifaning topajak oqibatlari bayon qilinadi. Shuning uchun ham u «Voqea»— «Voqe’ bo‘lguvchi» (Qiyomat) deb nomlangandir. Shuningdek, bu surada do‘zax dahshatlari va jannat manzaralari batafsil tasvirlanadi hamda oxirat hayotini inkor etguvchi kimsalarga hech rad qilib bo‘lmaydigan hujjatlar bilan javob beriladi. Sura xotimasida yuqorida zikr qilingan har bir xabar aniq haqiqat ekanligi yana bir bor ta’kidlanib, barcha mo‘min-musulmonlarni Ulug‘ Parvardigor nomini poklab-tasbeh aytishga amr etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2. Qachon Voqea — Qiyomat voqe’ bo‘lsa, u voqe’ bo‘lgan chog‘da biron yolg‘on so‘zlaguvchi bo‘lmas.

I z o h . Ya’ni, aniq tushguvchi bo‘lgan Qiyomat soati kelganida, hayoti dunyoda Alloh taolo sha’niga yolg‘on to‘qib yurgan kimsalardan birontasi yolg‘on so‘zlay olmay qoladi.

3-4-5-6-7. Yer (qattiq) larzaga kelgan, tog‘lar titilib, chang-to‘zonga aylangan va sizlar uch sinf-toifa bo‘lib qolgan chog‘da (Qiyomat kofirlarni do‘zaxga duchor etish bilan) past qilguvchi, (mo‘minlarni esa jannatga kiritish bilan) baland qilguvchidir.

I z o h. Ya’ni, bu dunyoda nafslari istagan xirsu havaslarga mukkadan ketib, mol-davlat va saltanatlari bilan havolanib yurgan dinsiz-iymonsiz kimsalarni Qiyomat eng tuban do‘zaxga tashlash bilan past qilib qo‘yar, ammo bu hayoti dunyoda mudom ro‘y berib turadigan zulmu sitam va haqsizlik azobidan ezilib yursalar-da, o‘z iymon-e’tiqodlarida ustivor bo‘lgan mo‘min-musulmonlarni esa jannatlardagi baland maqomlarga ko‘tarur. Endi yuqorida zikr qilingan uch toifa kimlar ekanligi bayon etiladi.

8. Bas, (u uch toifadan birinchisi) o‘ng tomon egalaridir. O’ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir!

9. (Ikkinchi toifa) shum-chap tomon egalaridir. Shum-chap tomon egalari (bo‘lmoq) ne (baxtsizlik)dir!

I z o h . O’ng tomon egalari hayoti - dunyodan iymon-e’tiqod bilan o‘tganlari sababli Qiyomat kunida nomai-a’mollari o‘ng tomonlaridan berilib, jannat ne’matlariga sazovor bo‘lgan saodatmand kishilardir. Chap tomon egalari esa hayoti dunyodan kufru isyon bilan o‘tganlari sababli Qiyomat kunida nomai-a’mollari chap tomonlaridan berilib, do‘zaxga giriftor bo‘lgan badbaxt kimsalardir.

10. (Uchinchi toifa bo‘lmish barcha yaxshi amallarga) peshqadam bo‘lguvchi zotlar (jannat ne’matlariga erishishida ham) peshqadam bo‘lguvchi zotlardir!

11-12. Ana o‘shalar noz-ne’mat bog‘larida (Alloh taologa) yaqin qilinguvchilardir.

13-14. (U peshqadamlar) avvalgi (ummat)lardan ko‘pchilik, keyingilardan (ya’ni Muhammad alayhis-salom ummatlaridan) esa ozdir.

I z o h. Ya’ni, Odam alayhis-salomdan tortib, to Muhammad alayhis-salomgacha, o‘tgan barcha payg‘ambarlarga iymon keltirgan va ularning yonlarida turib Alloh taolo buyurgan dinga da’vat qilishda yordamchi bo‘lgan avvalgi ummatlar orasidagi peshqadam zotlarning sanoqlariga nisbatan Muhammad alayhis-salom ummatlari o‘rtasidagi peshqadam zotlarning sonlari ozdir.

15-16. (Ular oltindan) to‘qilgan so‘rilarda yastangan hollarida bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lib (o‘ltirurlar).

17-18. Ustlarida esa mangu yosh (ya’ni hech qarimaydigan) bolalar oqar chashmadan (mayli) qadahlarni, ko‘zalarni va kosalarni aylantirib tururlar.

19. U (may)lardan ularning boshlari ham og‘rimas, mast ham bo‘lmaslar.

20-21. Yana o‘zlari tanlab oladigan meva-cheva hamda ishtahalari tortgan qush go‘shtlari ham (aylantirib turilur).

22-23. Yana (ular uchun) xuddi yashirib qo‘yilgan marvarid misol ohu ko‘z hurlar bordir.

24. (Bu) ular (hayoti dunyoda) qilib o‘tgan amallarining mukofotidir.

25-26. Ular u joyda biron behuda va gunoh-yolg‘on (so‘z)ni eshitmaslar, faqat «Salom-salom», deyilganinigina (eshiturlar).

27. O’ng tomon egalari... O’ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir!

28. (Ular) tikansiz butazorlarda.

29. Tizilgan bananzorlarda.

30. Yoyilgan soya (osti)da.

31. Oqizib qo‘yilgan suv (usti)da.

32-33. Tugab qolmaydigan va man’ etilmaydigan ko‘pdan-ko‘p (turli tuman) meva-cheva (osti)da.

34. Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar (usti)dadirlar.

35. Darvoqe’, Biz ularni (oxu ko‘z hurlarni) daf’atan paydo qildik (ya’ni ular onadan tug‘ilmadilar, balki Allohning qudrati bilan daf’atan paydo bo‘ldilar).

36-37-38. So‘ng ularni o‘ng tomon egalari uchun (yoshda ham, husnu jamol va qaddu qomatda ham) biri-biriga teng, ehtirosli bokira qizlar qilib qo‘ydik.

39-40. (O’ng tomon egalari bo‘lmish saodatmand kishilar) avvalgi (ummat)lardan ham ko‘pchilik, keyingilardan (ya’ni Muhammad alayhis-salom ummatlaridan) ham ko‘pchiliqdir.

41. Chap tomon egalari... Chap tomon egalari (bo‘lmoq) ne (baxtsizlik)dir!

42. (Ular do‘zaxdan tinimsiz esib turadigan, badanlarni ilma-teshik qilib yuboruvchi) Samum (shamoli) va qaynoq suv ichida;

43-44. va na salqin, na foydali bo‘lmagan qora tutundan iborat «soya» (osti)dadirlar.

45. Darvoqe’ ular bundan ilgari (ya’ni hayoti dunyoda hirsu xavasga mukkadan ketgan) boyonlar edilar.

46. Ular ulug‘ gunoh (ya’ni shirk) ustida oyoq tirab turar edilar.

47-48. Va: «Bizlar o‘lib, tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan xam qayta tirilguvchimizmi, avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» deb (masxara qilar) edilar.

49-50. (Ey Muhammad, siz ularga) ayting: «Albatta avvalgilar ham, keyingilar xam ma’lum Kundagi belgilangan vaqtga shak-shubxasiz to‘planguvchidirlar.

51. So‘ngra albatta sizlar, ey (qayta tirilishni) yolg‘on deguvchi gumroxlar,

52-53. Shak-shubhasiz (jahannamning o‘rtasida o‘sadigan) Zaqqum daraxtidan yeguvchi – undan qorinlaringizni to‘ldirguvchidirsizlar.

54-55. So‘ng uning ustiga qaynoq suvdan ichguvchi, (ichganda xam) tashnato‘ ymas tuyalar kabi ichguvchidirsizlar!

56. Mana shu ularning jazo (qiyomat) Kunidagi “ziyofatlaridir”!

57. (Ey insonlar), sizlarni Biz O’zimiz yaratdik-ku! Endi sizlar (oxiratda yana qayta yaratishga qodir ekanligimizni) tasdiq etmaysizlarmi?!

I z o h. Ya’ni, yo‘qdan bor qilishga qodir bo‘lgan zot qayta yaratishga ham shak-shubhasiz qodirdir. Endi quyidagi oyatlarda Tangri taolo O’zining qayta yaratishga qodir ekanligiga to‘rt narsani, ya’ni insonni yaratganini, nabotot (ekin-o‘simliklar)ni yaratganini, suvni yaratganini va o‘t-olovni yaratganini dalil qilib keltiradi.

58. Sizlar (xotinlaringizning bachadoniga) to‘kadigan maniy-urug‘ haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

59. Uni sizlar (komil inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz yaratguvchimizmi?.

I z o h. Darhaqiqat, bu inson ko‘z o‘ngida doimo takrorlanib turganligi sababli e’tibor berilmaydigan buyuk bir mo‘jizadir: nahotki kishi badanidan ajralib chiqib turadigan ter, ko‘z yoshi kabi bo‘lgan bir tomchi suvdan – maniydan – ozgina muddat o‘tgach, o‘zo‘ zidan erkak yo ayol jinsiga mansub, eshitguvchi, ko‘rguvchi bir inson paydo bo‘lib qolsa. Tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan bu ish qanday sodir bo‘ldi? Axir bu inson o‘zining suyaklari, go‘shti va terisi bilan tomirlari-yu, tuk va tirnoqlari bilan hamda faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xulqi-tabiati bilan qaerga yashirinib olgan edi?! Qaysi bir dono odam bir tomchi suv o‘z-o‘zidan mana shunday insonga aylangan deya oladi? Hech kim! Chunki maniy ona bachadoniga tushishi bilanoq er-xotinning ish-amali bitgan: ular o‘sha bir tomchi suvdan homila paydo bo‘ladimi-yo‘qmi bilishga qodir emaslar, endi bu yog‘i yolg‘iz Yaratganning xohishiga havola. Agar U zot xohlasa, O’z qudrati bilan bir xil xujayradan iborat bo‘lgan o‘sha maniydan insonning jamiyki a’zolarining har biri o‘ziga xos bo‘lgan ming-minglab hujayralarini paydo qiladi va har bir a’zoning hujayrasiga o‘z vazifasini paydo qiladi va unga jon kiritadi... Darhaqiqat, bu ilohiy mo‘jizada aql yuritguvchi kishilar uchun yetarli ibrat bordir.

60-61. Sizlarning o‘rtangizdagi o‘limni ham Biz belgilab qo‘ygandirmiz (ya’ni sizlarga hayotni ham, o‘limni ham Biz berurmiz). Va Biz (sizlarni vafot topdirib, o‘rninglarga) sizlarga o‘xshaganlarni almashtirib qo‘yishga hamda sizlarni o‘zlaringiz bilmaydigan holat-suratda qayta paydo qilishga ham ojiz emasdirmiz.

62. Darvoqe’ sizlar dastlabki paydo bo‘lishlaringiz (qanday bo‘lgani)ni bildinglar-ku! Bas, eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!

63. Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

64. Uni sizlar undirib-o‘stirurmisizlar yoki Biz undirguvchimizmi?!

65. Agar Biz xoxlasak, albatta uni quruq cho‘p qilib qo‘ygan bo‘lur edik, bas, sizlar ajablangan hollaringizda.

66. «Shak-shubhasiz bizlar ziyon ko‘rguvchilarmiz.

67. Yo‘q, bizlar (barcha rizqu-ro‘zdan) mahrum bo‘lguvchilarmiz», (deb nadomat qilib qolgan bo‘lur edingazlar).

68. Sizlar o‘zlaringiz ichadigan suv haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

69. Uni bulutlardan sizlar yog‘dirdinglarmi yoki Biz yog‘dirguvchimizmi?!

70. Agar Biz xoxlasak, uni sho‘r qilib qo‘ygan bo‘lur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!

71. Sizlar yoqadigan o‘t-olov haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

72. Uning daraxtini sizlar paydo qildinglarmi yoki Biz paydo qilguvchimizmi?!

73. Biz uni (jahannam o‘tidan) bir eslatma va (sahrolarda yuradigan) musofiryo‘ lovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qo‘ydik.

74. Bas, (ey Muhammad), ulug‘ Parvardigoringizning nomini (har qanday aybnuqsondan) poklab-tasbeh ayting!

75-76-77-78. Men yulduzlarning botar joylariga qasam ichurmanki, Holbuki bu (qasam) agar bilsangizlar shak-shubhasiz ulug‘-katta qasamdir – albatta u (Qur’on sehr yoki uydirma emas, balki) asralgan Kitobdagi (Lavhul- Mahfuzdagi) Ulug‘ Qur’ondir!

79. Uni faqat tahoratli – pok kishilargina ushlarlar.

80. (U) barcha olamlar Parvardigori tomonidan nozil qilingandir.

81. Bas (ey kofirlar), sizlar mana shu So‘z — Qur’onga beparvolik qilurmisizlar (ya’ni sizlar shunday ulug‘ Kitobni nazarlaringizga ilmasdan inkor qilmoqdasizlarmi)?!

82. Va sizlar (Qur’onni) yolg‘on deyish(dek badbaxtlik)ni o‘zlaringizning rizqnasibalaringiz qilib olursizlarmi?!

83-84-85-86-87. Bas, qachon (vafot qilayotgan kishining joni) xalqumiga yetganida — xolbuki o‘sha vaqtda sizlar qarab turursizlar va Biz unga sizlardan ko‘ra yaqinroq bulurmiz, lekin sizlar (buni) kurmaysizlar (bilmaysizlar) Bas, agar sizlar egasiz bo‘lsangizlar, (va o‘zlaringizning: «Hech qanday ega — Parvardigor ham, qayta tirilish ham yuq», degan so‘zlaringizda) rostgo‘y bulsangizlar o‘sha (jonni yana jasadga) qaytara olsangizlar edi! (Yuq, hech qachon qaytara olmassizlar).

88-89. Endi agar o‘sha (vafot qilguvchi kishi Allohga yaqin qilingan (peshqadam)lardan bulsa, u holda (uning uchun) rohat-farog‘at, go‘zal rizq va noz-ne’matli jannat bordir!

90-91. Endi agar u o‘ng tomon egalaridan bo‘lsa, u xolda (ey saodatmand bandam), senga o‘ng tomon egalaridan salom bo‘lgay!

92-93-94. Endi agar u (qayta tirilishni) yolg‘on deguvchi gumroxlardan (ya’ni chap tomon egalaridan) bo‘lsa, u xolda qaynoq suvdan iborat «ziyofat» va do‘zaxga kiritilish bordir!

95. Shak-shubxasiz (ushbu surada zikr qilingan narsalar) ayni haqiqatning o‘zidir!

96. Bas, ulug‘ Parvardigoringizning nomini (xar qanday ayb-nuqsondan) poklab-tasbeh ayting!
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 56. "Voqea"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024