Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 58. "Mujodala"
58. "Mujodala"
Uz-DunYoДата: Четверг, 22.12.2011, 21:44:20 | Сообщение # 1
Лейтенант
Группа: Forumchi
Сообщений: 70
Награды: 2
Репутация: 2
Статус: Оффлайн
YIGIRMA SAKKIZINCHI JUZ’
MUJODALA SURASI
Bu sura ham Madinada nozil qilingan bo‘lib, yigirma ikki oyatdir. Sura avvalida bir ayol o‘z erining qilmishi to‘g‘risida shikoyat qilib kelib payg‘ambar alayhis-salom bilan munozara qilgani bayon etiladi. Suraning «Mujodala-Munozara» deb nomlanganining boisi shudir. So‘ngra o‘sha shikoyat qilib kelingan «Zihor» mas’alasining hukmi va zihor qilguvchi zimmasiga tushadigan kafforat-to‘lov haqida so‘z boradi. Bu surada yaxudiy va munofiqlarning gunoh, zo‘ravonlik va payg‘ambarga itoatsizlik qilish to‘g‘risida o‘zaro shivir-shivir qilishib til biriktirishlari, ularning mo‘minlarga va xususan payg‘ambarimizga yetkazadigan ozor-aziyatlari hamda oxir-oqibat topajak azob-uqubatlari xususida xabar beriladi. Shuningdek, bu surada mo‘minlarga ularning o‘zaro munosabatlarida va payg‘ambar alayhis-salom bilan qiladigan muomalalarida rioya etishlari lozim bo‘lgan odob-axloq borasida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi. Sura nihoyasida Alloh taologa va oxirat Kuniga iymon keltirgan kishilarning sifatfazilatlari xususida so‘zlanib, ular erishajak baxt-saodat xabari beriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), darhaqiqat Alloh siz bilan o‘z jufti haqida bahslashayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan (ayol)ning so‘zini eshitdi. Alloh sizlarning bastijavoblaringizni eshitur. Albatta Alloh eshitguvchi, ko‘rguvchidir.

I z o h . Ushbu oyatning nozil bo‘lishiga quyidagi voqea sabab bo‘lgandir: Sahobalardan Avs ibn Somitning xotini Havla binti Sa’laba ismli bir ayol payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib: «Yo rasululloh, Avs meni zihor qildi», deb o‘z eridan shikoyat qiladi. «Zihor» iborasi arablarning istilohida kishi o‘z xotiniga: «Onamning badani kabi sening badaning ham menga harom», deyishini anglatadi. Islom dini kelishidan ilgari zihor qilingan xotin eri uchun onaga aylanib qolgan, demak taloq qilingan hisoblanar edi. (Bu xususda «Ahzob» surasining to‘rtinchi oyatida ham bayon qilingan). Shuning uchun mazkur ayol erining bu qilmishidan nolib, o‘rtalarida go‘dak bolalari borligi, agar er-xotin ajrashib ketsalar, o‘sha bolalarga jabr bo‘lishini aytib keladi. Lekin payg‘ambarimizga «Zihor» mas’alasi haqida Alloh taolo tomonidan hali biron hukm nozil qilinmagan edi. Shu sababdan u zot shikoyatchi ayolga: «Demak, sen eringga harom bo‘lib qolibsan», deb javob qiladilar. Ammo u ayol bu javobdan qanoatlanmay, yana o‘z so‘zlarini takrorlaydi. Rasululloh ham yana avvalgi javoblarini qaytaradilar. Ikkalalari shu tariqa basta-javob qilib turishlari asnosida, birdan payg‘ambar alayhis-salomga yuqoridagi va quyida keladigan oyatlar nozil bo‘ladi hamda ularda Alloh taolo «Zihor» mas’alasi xususida O’z xukmini bayon qiladi.

2. Oralaringizdagi o‘z xotinlarini zihor qiladigan kimsalarning (zihor qilingan xotinlari) ularning onalari emasdirlar. Faqat ularni tuqqan (ayol)largina ularning onalaridirlar. Shak-shubhasiz ular so‘zning nomaqbul va yolg‘onini ayturlar. (Lekin) Alloh shubhasiz afv etguvchi va mag‘firat qilguvchidir.

I z o h . Ya’ni, o‘sha o‘z xotinlarini onalariga o‘xshatishdek nomaqbul va yomon so‘z aytganlar o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘lib tavba qilsalar, shak-shubhasiz Alloh taolo afv etguvchi, mag‘firat qilguvchidir. Ularning o‘rtasiga hech qanday taloq tushmaydi. Lekin o‘z xotinini zihor qilib, keyin unga qaytmoqchi bo‘lgan kimsa bu qilmishi uchun ma’lum miqdorda kafforat — to‘lov to‘lashi kerak. Endi quyidagi oyatlarda o‘sha kafforat miqdorlari bayon qilinadi.

3. O’z xotinlarini zihor qilib, so‘ngra aytgan so‘zlaridan qaytadigan kimsalar (zimmasida) (er-xotin) qo‘shilishlaridan ilgari bir qulni ozod qilish bordir. Bu sizlarga mav’iza-ibrat bo‘lgay. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

4. Endi kim (ozod qilish uchun qul) topa olmasa (uning zimmasida er-xotin) qo‘shilishlaridan ilgari paydar-pay ikki oy ro‘za tutish bordir. Endi kim (ro‘za tutishga) qodir bo‘lmasa (uning zimmasida) oltmishta bechora-miskinga taom berish bordir. Bu (hukmlar) sizlar Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltirishlaringiz uchun (nozil qilindi). Bular Allohning (belgilab qo‘ygan) hadlari — qonunlaridir. Va (bu qonunlarni inkor etguvchi) kofirlar uchun alamli azob bordir.

5. Albatta Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chiziqdan chiqadigan kimsalar xuddi o‘zlaridan avvalgilar halok qilingani kabi halok qilinurlar. Darvoqe’ Biz ochiq-ravshan oyatlar nozil qildik (Mana shu oyatlarni inkor etguvchi) kofirlar uchun xor qilguvchi azob bordir.

6. (O’sha kofirlar azobga duchor qilinadigan) Kunda Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirib, (hayoti dunyoda) qilgan amallarining xabarini berur. U (amallar)ni Alloh hisoblab-bitib qo‘ydi, ular esa unutib yubordilar. Alloh barcha narsa ustida guvohdir.

7. Alloh osmonlardagi va yerdagi bor narsani aniq bilishini ko‘rmadingiz — bilmadingizmi! Uch kishining o‘zaro shivir-shivirlari bo‘lsa, albatta U zot ularning to‘rtinchisidir, besh kishining (o‘zaro shivir-shivirlari bo‘lsa), albatta U zot ularning oltinchisidir. (O’zaro sirlashayotgan kishilar) bundan oz bo‘ladimi, yo ko‘p bo‘ladimi, albatta U zot qaerda bo‘lsalar ham ular bilan birgadir. So‘ngra, Qiyomat kunida ularga qilgan amallarining xabarini berur. Albatta Alloh barcha narsani bilguvchidir.

8. (Ey Muhammad), o‘zaro shivir-shivirdan qaytarilganlaridan so‘ng yana o‘zlari qaytarilgan narsaga qaytadigan hamda gunoh, zo‘ravonlik va payg‘ambarga itoatsizlik qilish to‘g‘risida o‘zaro shivirlashadigan kimsalarni ko‘rmadingizmi? Qachon ular sizning oldingizga kelsalar, sizga bir ibora bilan salom berurlarki, Alloh sizga o‘sha (so‘z) bilan salom bermagan edi. Yana o‘zlaricha: «Nega aytayotgan so‘zimiz sababli Alloh bizlarni azoblamayapti? (Agar Muhammad haq payg‘ambar bo‘lganida, albatta Alloh bizlarni azobga giriftor qilgan bo‘lur edi)», derlar. Ularga o‘zlari kiradigan jahannam (azob to‘g‘risida) kifoya qilar! Bas, naqadar yomon oqibat (bu)!

I z o h. Ushbu oyat mo‘minlarni ko‘rganlarida bir-birlari bilan pichir-pichir va turli imoishoralar qilishib, ularga ozor beradigan yahudiy va munofiqlar haqidadir. Payg‘ambar alayhis-salom ularni bu qiliqlaridan qaytarganlaridan keyin ham ular o‘z visir-visirlaridan qaytmaydilar, balki hadlaridan oshib rasulullohga ro‘baro‘ bo‘lganlarida, «Assalomu alaykum», ya’ni «sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin», deyish o‘rniga «Assomu alaykum», ya’ni «sizlarga o‘lim bo‘lsin», deydilar. Shuning uchun Alloh taolo ularning jazolari jahannamga kirish ekanligi xususida xabar beradi.

9. Ey mo‘minlar, sizlar o‘zaro shivirlashib gaplashganlaringizda, gunoh va zo‘ravonlik va payg‘ambarga itoatsizlik qilish to‘g‘risida shivirlashmanglar, (balki) yaxshilik va taqvo haqida shivirlashinglar hamda sizlar huzuriga to‘planadigan zot Allohdan qo‘rqinglar!

10. (Yahudiy va munofiqlarning) o‘zaro shivir-shivirlari faqat shayton tomonidan bo‘lib, iymon keltirgan zotlarni g‘amgin qilish uchundir. (Lekin) u Allohning izni-irodasisiz ularga biron ziyon yetkaza olguvchi emasdir. Bas, mo‘minlar, yolg‘iz Allohgagina tavakkul qilsinlar — suyansinlar!

11. Ey mo‘minlar, qachon sizlarga (majlis-suhbatlarda do‘st-birodarlaringiz kelib: «Bizlarga ham shu majlisdan joy beringlar», deyilsa, darhol joy beringlar, Alloh sizlarga ham (O’z jannatidan) joy berur. Va qachon «(o‘rinlaringizdan) turinglar», deyilsa, darhol turinglar, Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

I z o h. Bu oyati karimada mo‘minlarga majlis odoblari ta’lim berildi va ularni bag‘rikenglikka, ya’ni majlislariga kelib qo‘shilmoqni istagan do‘stlariga yonlaridan joy berishga va agar hamma joylar band bo‘lsa, keyin kelganlarga o‘z o‘rinlarini bo‘shatib berishga da’vat etildi. Yana bu oyatda ilmning fazilati alohida ta’kidlab o‘tildiki, bu borada payg‘ambar alayhis-salom tomonlaridan ham ko‘pdan-ko‘p hadislar rivoyat qilingan bo‘lib, ulardan biri mana bu hadisi sharifdir: «Olimning obid ustidagi fazilati xuddi to‘lin oyning boshqa yulduzlar ustidagi fazilati kabidir». Hukamolardan birining quyidagi so‘zlari ham ibratlidir: «Men ilm topa olmagan odam nima topganini, ilm topgan odam esa nima yo‘qotganini bilsam edi».

12. Ey mo‘minlar, qachon sizlar payg‘ambar bilan sirlashmoq — suhbatlashmoqni istasangizlar, suhbatlaringiz oldidan (kambag‘al-miskinlarga) biron xayr-sadaqa taqdim etinglar. Bu o‘zlaringiz uchun yaxshiroq va (gunohlaringizni) poklaguvchiroqdir. Endi agar (sadaqa qilgudek narsa) topa olmasangizlar, u holda albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir.

13. Suhbatlaringiz oldidan xayr-sadaqalar taqdim etishdan (kambag‘al bo‘lib qolamiz, deb) qo‘rqdinglarmi? Bas, sizlar (xayr-sadaqa) qilmagan ekansizlar va Alloh tavbalaringizni qabul qilgan ekan, endi namozni to‘kis ado etinglar va zakotni (haqdorlarga) ato etinglar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etinglar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

14. (Ey Muhammad), Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan qavmni (yahudiylarni) do‘st tutgan kimsalarni (munofiqlarni) ko‘rmadingizmi? U (munofiqlar) sizlardan (ya’ni musulmonlardan) ham, ulardan (ya’ni yahudiylardan) ham emasdirlar! Yana ular (o‘zlarining munofiq ekanliklarini) bilib turgan hollarida, («Bizlar musulmonlarmiz», deb) qasam ham ichurlar.

15. Alloh ular uchun qattiq azobni tayyorlab qo‘ygandir! Darhaqiqat, ularning qilgan amallari naqadar yomondir!

16. Ular o‘zlarining (yolg‘on) qasamlarini qalqon qilib olishib, (odamlarni) Allohning yo‘lidan to‘sdilar. Bas, ular uchun xor qilguvchi azob bordir!

17. Ularning mollari ham, bolalari ham Alloh tomonidan (bo‘ladigan) biron narsani-azobni ulardan daf’ qila olmas. Ular do‘zax egalaridir. Ular, o‘sha joyda mangu qolguvchidirlar!

18. U Kunda (ya’ni Qiyomatda) Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirib, ular xuddi sizlarga qasam ichayotganlaridek, U zotga ham qasam ichurlar va o‘zlarini (shu yolg‘on qasamlari sababli) biron (foyda) ustida deb hisoblarlar. Ogoh bo‘lingizkim, albatta ular g‘irt yolg‘onchi kimsalardir!

19. Ularni shayton egallab olib, ularga Allohni eslashni unuttirdi. Ana o‘shalar shayton hizbi-guruhidirlar. Ogoh bo‘lingizkim, albatta shayton hizbi (bo‘lgan kimsalargina) ziyon ko‘rguvchilardir.

20. Albatta Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar — ana o‘shalar eng xor kimsalar qatoridadirlar!

21. Alloh (Lavhu-Mahfuzga): «Shak-shubhasiz Men O’z payg‘ambarlarim bilan birga g‘olib bo‘lurman», deb yozib qo‘ygandir. Albatta Alloh kuchli, qudratlidir.

22. Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan — garchi ular o‘zlarining otalari, yoki o‘g‘illari, yoki og‘a-inilari, yoki qarindosh-urug‘lari bo‘lsalar-da, do‘stlashayotganlarini topmassiz. Ana o‘shalarning dillariga (Alloh) iymonni bitib qo‘ygandir va ularni O’z tomonidan bo‘lgan Ruh – Qur’on bilan quvvatlantirgandir. U zot ularni ostidan daryolar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo‘ldi va ular ham (Allohdan — U zot bergan ajr-mukofotlardan) rozi bo‘ldilar. Ana o‘shalar Allohning xizbidirlar. Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning hizbi (bo‘lgan zotlargina) najot topguvchidirlar!
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 58. "Mujodala"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024