Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Umumiy Bo'limlar » Ko'ngil ochar » Chumolilar yeydi Vatanni (hajviya). Nurullo Oston (Chumolilar yeydi Vatanni (hajviya). Nurullo Oston)
Chumolilar yeydi Vatanni (hajviya). Nurullo Oston
FilmlaДата: Среда, 20.07.2011, 01:48:16 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
Biz zo'rmiz, -depti dinozavrlar. -Bu dunyoda kuchlilar yashaydi. Ojizlar hamisha halokatga mahkum!
-Yashaydi, yashaydi, -ming'irlapti chumolilar. -Ko'ramiz, kuchlilarning kuchi qachongacha yetar ekan... Oradan asrlar, eralar, million yillar o'tdi. Kuchlilar qirilib ketdi. Chumolilar yashayapti.

Chumolini beozor mavjudot, deyishadi. Shuning uchun uni ijobiy qahramon sifatida bolalarga mehnatkashligini o'rnak qilib ko'rsatamiz. Aslida chumoliday ochofat, duch kelgan narsani surishtirmay tashmalab ketadigan mavjudot butun dunyoda bo'lmasa kerak. Qimirlamay o'tirsang, teringni shilib, zapchastlarga ajratib, qayta tiklanmaydigan qilib uyiga tashib ketadi. Ojizlarda yashovchanlik immuniteti kuchli bo'ladi, kuchlilarga qarshi chiqmaydi, ularning gapini ma'qullaydi-yu, zimdan ishini qilaveradi. Mabodo o'zlarining ichidan birorta kuchli chiqib qolsa, uni birgalashib yiqitib, keyin yeyishadi. Bir podsholikda uchta zindon bor ekan-u, birinchisini yuzta qorovul, ikkinchisini bitta qorovul qo'riqlab turganmish. Uchinchisida qorovul ham yo'q emish. Boisini so'rashganida shunday izohlashibdi;

-Birinchi zindondagilar juda xavfli. Ulardan bittasi chiqsa bo'ldi, qolgan hammasini tortib chiqaradi. Ikkinchisida yotganlar hushyor paytida revolyutsiya qilib yuborishi mumkin. Uchinchisida yotganlardan biri yuqoriga chiqmoqchi bo'lsa, qolganlari oyog'idan tortib tushirishadi...

Ojizlar o'zlaridan kuchlilarni boshqarishni juda xohlaydi. Shuning uchun o'lib-tirilib ularga yaqinlashishga harakat qiladi, hamma narsasini shunga qurbon qiladi. Kuchliga bir balo qilib yaqinlashib olgach, o'ziga o'xshagan ojizlar bilan til biriktirib, uni maqtayveradi, maqtayveradi, maqtab o'ldiradi. Yoki fitna yurgizib vaziyatni buzadi. Kuchlilarni bir-biriga qarshi qo'yib, o'zi tomoshabin bo'ladi. 1953 yilda bir jurnalist Xitoy dohiysidan:

-Bundan buyon xalqaro ahvol qanday bo'ladi? -deb so'raganida u shunday degan ekan:

-Bir maymun sher bilan yo'lbarsni urishtirib qo'yib, o'zi daraxtga chiqib tomosha qilib o'tiribdi. Ikkovi bir-biri bilan olishib, rosa holdan toygach, maymun daraxtdan tushib ularning terisini shilib olgan ekan...

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, kuchlilar hamisha ojizlarga xo'rak bo'lib kelgan. Sanoqli sipohlari bilan Aleksandr Makedonskiyning butun boshli qo'shinini qiyratgan tutqich bermas Spantama'noni xotini orqali hiyla bilan qo'lga olishgan. Avrangzeb otasi Humoyun Mirzoni uy qamog'iga mahkum qilib, toju-taxtini egallagan. Lenin tinch yashayotgan xalqni chalg'itish uchun revolyutsiyani o'ylab topgan. Gitler ojizligini yashirish uchun dunyo xalqlarini qirgan. Stalin o'z safdoshlarini qiynab o'ldirgan. Tarix hamisha qahramonlar va qurbonlardan iborat bo'lgan. Birorta qahramon maydonga chiqsa, «Mana bizning xaloskorimiz», -deya uni ko'klarga ko'tarishgan. Qahramonning orqasidan ergashishgan, u haqda afsonalar to'qishgan. Oxir-oqibat noxosdan chalib yiqitishgan-da, qurbon qilishgan. «Unga bu ham kam, -deyishgan keyin. -Biz yeb u quruq qolganday, hadeb irg'ishlashiga balo bormi? Baribir oyoqdan yuqoriga sakrolmaysan...».

Abo Muslim hazratlari «manam silsilai haftodu duvvum», -deya na'ra tortib, abbosiylar xalifaligi qaror topishida yog'iylarni tum-taraqay qiladi. Buning evaziga abbosiylar xalifasi unga Xuroson hukmdorligini tuhfa qiladi. Oradan biroz vaqt o'tib, xalifa Abo Muslimni aldov yo'li bilan huzuriga taklif qiladi va suiqasd uyushtirib, uni o'ldirtiradi.

Sulaymon alayhissalom devlarga Baytul Muqaddasni qurdirayotganida Azroil kelib uning jonini olmoqchi bo'ladi. Shunda Sulaymon Payg'ambar: «o'lganimni devlar bilsa qochib ketadi, shuning uchun tayoqqa suyanib turgan holimda jonimni olaqol», -deydi. Sulaymon podshoning tayoqqa suyanib ularga jahl bilan qarab turganidan qo'rquvga tushgan devlar bir yil davomida kecha-yu kunduz tinimsiz ishlab, oxiri tinka-madori quriydi. Ular qurt-qumursqalarga yalinib: «Xo'jayin bir yildan buyon bizga jahl bilan qarab turibdi, xabar olinglar-chi, tinchlikmikan», -deyishadi. Qurt-qumursqalar Sulaymon suyanib turgan tayoqni g'ajir-g'ujur qilib g'ajishgan ekan, jonsiz tana gumburlab qulab tushibdi. «Sulaymon o'ldi, devlar qutuldi», -degan gap shundan qolgan. Uni ham chumolilar qulatgan.

Bir qabila o'ziga yo'lboshchi saylamoqchi bo'libdi. Qabiladoshlaridan biri doimo uzoq-uzoqlarga ko'z tikib xayol surarkan. Olomon: «Ana shu inson bizni porloq kelajakka boshlaydi», -deb unga ergashishibdi. Yo'lboshchi o'rmi, jarmi, to'g'ri kelgan joydan ularni boshlab ketaveribdi. Oqibatda ko'plar halok bo'libdi, qabila ichida noroziliklar kuchayibdi. Olomon yo'lboshchini yo'l bilmaslikda ayblabdi.

-Axir men ko'rman-ku, -depti bunga javoban yo'lboshchi. -Sizlar «yo'l boshla!» deganlaringdan keyin to'g'ri kelgan yo'ldan yurishga majbur bo'ldim-da! Endi chumolilarga o'xshab meni talamoqchi bo'layapsizlar...

Xudo o'n sakkiz ming olamni bino qilganida haftaning to'rtinchi kuni qurt-qumursqalarni, hasharot va jonzotlarni, oltinchi kuni odamzotni yaratgan. Chumolilar yer yuzida 150 million yil avval paydo bo'lgan. Hozir ularning 15 mingga yaqin turi mavjud ekan-u, lekin chumolinusxa odamlar ulardan ham ko'payib ketganmish. Janubiy Amerikada chumolining marabunga degan turi bor. Ular odammi, hayvonmi, qarab o'tirishmaydi-yarim soat ichida yeb-yutib, ustixonini yalang'ochlab ketishadi. Chumolilarda Vatan, yurt, e'tiqod degan tushuncha bo'lmaydi. Ular o'z manfaatlari yo'lida hamma narsani qurbon qiladilar. Iloji bo'lsa Vatanni ham tilka-pora qilib tashmalab ketadilar. Shuning uchun ojizlardan qo'rqish kerak-ularning qo'lidan hamma narsa keladi.


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Umumiy Bo'limlar » Ko'ngil ochar » Chumolilar yeydi Vatanni (hajviya). Nurullo Oston (Chumolilar yeydi Vatanni (hajviya). Nurullo Oston)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024