Filmla | Дата: Среда, 20.07.2011, 01:48:50 | Сообщение # 1 |
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
| - — Hoy bola, to‘xta-chi, menga nega salom bermading?
— Ie, amaki, nega salom berishim kerak ekan? Biron narsa qilib berasizmi yo biron narsa olib berasizmi? — Uyqusirayapsanmi, hov bola, men bir nima beraman deb o‘lib turganim yo‘q. Saloming qani deb so‘rayapman? Salomingni pishirib yeganmisan? — Salom ber deysizmi?! Katta bo‘lsangiz o‘zingizga, xo‘pmi? Boshimni qotirmang. — Avval salom, keyin kalom degan gapni eshitmaganmisan? Yo muallimlaring "O‘zingdan kattani ko‘rsang salom ber" deb o‘rgatishmaganmi? — Nasihatingizni borib o‘g‘illaringizga ayting, xo‘pmi? — Hoy bola, o‘pkangni bos, buncha talashasan? Nechanchi sinfda o‘qiysan? — O‘pkamni bosamanmi, yo‘qmi, salom bermayman. Oltinchi sinfda o‘qiyman. — Sababini ayt-chi, odamni toza xit qilding-ku? — Amaki, hali ko‘p narsani bilmas ekansiz. Salom duch kelgan odamga berilavermaydi. — Unda kimga beriladi? Katta xolanggami? Bunday ochiqroq ayt-da, saqichga o‘xshab cho‘zavermay? — Endi, amaki, gapni dangalini aytadigan bo‘lsam, men sizga salom bermayman, bundan keyin yo‘lda tag‘in to‘xtatib boshimni qotirmang. — Xo‘p, gapni ko‘paytirma, biron kishiga salom berasanmi o‘zi? Yoki suruvdan qolib ketgan takaday zipillab o‘taverasanmi u yoqdan-bu yoqqa? — Men kimga salom berishimni aytishim shunchalik sizga kerakmi? Unda eshiting: qornim ochib oshxonaga kirsam oshpazga, pulim tugab kassaga borsam kassirga, uyga borsam dadam bilan oyimga salom beraman. Oshpaz ovqat, kassir pul beradi. Dadam bilan oyimning-ku topgani meniki. Siz nuqul salom-salom deb boshni qotirasiz? — Bo‘ldi-bo‘ldi, tushundim, ko‘p gapirma, o‘zi kimning o‘g‘lisan? — U yoqdan ko‘rinib turgan magazinning orqa tarafida turadigan Bozorboy akaning o‘g‘liman. Otim Savdobek. — Savdobek, qiziq bo‘ldi-yu, shunaqa ism ham bo‘larkanmi, yo hazillashyapsanmi? — Dadam bilan oyim men tug‘ilmasdan oldin ham magazinda ishlashgan ekan. Men tug‘ilganda savdoimiz yurishib ketsin deb shu ismimni qo‘yishgan ekan. — Hm, Savdobek uka, shunday de? — Shunday, siz ham magazinda ishlaysizmi? — Yo‘q, bor-yo‘g‘i bir bekorchiman. Demak, senga pul bersa salom berasan, shundaymi? — Tushungan odamning sadag‘asi ketsang arziydi. — Mening bir salom eshitgim keldi, mana tanishib oldik. Endi salom berasanmi? — Pul berasizmi, amaki, tekinga hatto mushuklar oftobga chiqmayapti hozir. — Ana shu savildan yo‘q edi-da. —Unda salomni katta amakingizning nevarasidan eshiting. — Mening qo‘ylarim bor. Agar ular qo‘zilasa senga bitta qo‘zi beraman. — Qachon? Hozirmi? — Qo‘ylarim qo‘zilasa deyapman-ku! — Nasiyani o‘g‘riga chiqargan. — Hoy bola, to‘xta qarzga bo‘lsayam salom berib ket. — Dadam qarzga hech narsa berma degan. — Xo‘p, mayli, xayr. —Qiziq odam ekansiz-ku, salomni ololmadingiz-ku, xayrni qanday olasiz?
http://uzmegavideo.ucoz.ru/
|
|
|
|