«Katta hovli» filmi matbuot anjumani bo’lib o’tdi!
Bugun «Dedeman Silk Road» mehmonxonasida bir guruh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan yangi «Katta hovli» nomli musiqali kinokomediyaga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Mazkur matbuot anjumani haqida siz azizlarga ma’lumot yetkazishga tayyormiz.
«Alyor Media Group» hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan hamkorlkda suratga tushirilgan «Katta hovli» musiqali komediyasi juda ham ko’plab kino va estrada yulduzlarini jamlagan. Keling sizlarni avval mazkur film ijodiy jamoasi bilan tanishitirib o’tsak: ssenariy muallifi hamda postanovkachi rejissori Nilufar Ibrohimxo’jaeva, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboev, postanovkachi rassom Baxriddin Shamsiddinov, bastakor Doniyor Agzamov, montaj ustasi Anvar Choriev, musiqa muharriri Rahima Yusupova, adabiy maslahatchi Nigora Nazarova va badiiy rahbar Ayub Shahobiddinov. Filmda Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Tatyana Okean, Mashxurbek Raimjonov, «Eldido» guruhi, Farhod Abdullaev, Tolib Xo’jaev, Erkin Komilov, Muhammadsoli Yusupov, To’xtamurod Azizov, Abduraim Abduvahobov, O’tkir Muhammadxo’jaev, Akbarxo’ja Rasulov, Boir Holmirzaev, Nozim To’laxo’jaev, Mashrab Kimsanov, Shuhrat Nuraliev, Gulchehra Nosirova, Farhod Xudoyberganov, Turg’un Beknazarov, Mehriddin Rahmatov, Sayfiddin Meliev, Gulhumor Abdullaeva, Sherzod Boymurodov, Fayruz Ahmadiy, Umid Shodmonov, Sanjar Matkarimov, Muqaddas Sa’dullaeva, Sug’diyona Azimova, Behzod Saitov, Ne’mat Olimov va boshqa bir qator ijodkorlarni ko’rishingiz mumkin.
Matbuot anjumanida»Katta hovli» filmi ish jarayonida olingan foto va videolar namoyish etildi. Shuningdek, film ijodkorlari so’zga chiqib, kinokartina haqida yetarlicha ma’lumotlarni tashrif buyurgan OAV hodimlariga yetkazishdi. Filmni keng namoyishi 18 noyabrdan bo’lishi kutilmoqda. Tez kunda mazkur filmga oid bir qator boshqa ma’lumotlarni ham siz azizlarga taqdim etamiz.