Bani isroilda bir aka uka bo'lishgan ekan. Uka judayam ibodatga qattiq berilgan ertayu kech toat ibodatda. Aka ichkilikka ruju qo'ygan har kuni may ichib mast bo'lib yotar edi. Shunda ey aka uyalmaysizmi Xudodan, qo'rqmaysizmi Xudodan tashlang buni, man sizni qilayotgan ishizdan juda uyalyapman. Ey uka men bilan Ollohni qo'y men o'zim bilaman Ollohga muxabbatim qanchaligini men o'zim har kuni Ollohdan shu narsadan judo qilishini so'rayman eplolmayapman uka dashnom beraverma! Uka ibodatga berilganligidan o'zini ancha baland olardi qalbini shaytoni vasvasi, takkabur, kibr havo egalladi. Kibr havo egalagandan keyin iymonga darz ketdi. Bir kuni o'tirib man shu akami diliga ozor berib, ichkiligini gapirib tashlab kelgandim. Man nima qildim, ibodatku qilib nima ma'no topyapman, man ham borib akam bilan o'tirib mayxo'rlik qilmaymanmi? Mayishat qilmaymanmi? Bo'ldi, yig'ishirdim namozni ham, ibodatni ham. Borib akam bilan quy manga ham demanda mayxo'rlikni, ulfatchilikni boshlab yuboraman deb, akasi tomonga qarab yo'l oldi! Akasi may ichib turib birdan, qalbi erib ketdi: yo Rabbiy mendan necha yosh kichkina ukam ibodatda bo'lsa, bu narsalarni qilmasa, men yoshim katta bo'lib turib haliyam aqlimni taniyolmay kundan kun sog'lig'im ketib, ibodat qilmay bu omonat dunyodan shu may bilan o'tib ketamanmi? - TAVBA qildim Olloh. Meni isyonlarimi kechirgin. Hozir ukamni oldiga boramanda ukajonim meni kechir Olloh kechirsin. Ukam endi menga ibodatni o'rgatadi. Men TAVBA qildim, men tashladim bu ishlarni deyman deb tayyorlanib, ukasi tomon yo'l oldi! Qarangki taqdir taqazo ikkalovlari yo'lda vafot etdi!
Olloh Taolo farishtalariga aytdi: ikkovini niyatiga yarasha, nima niyatda vafot qilishgan bo'lsa, niyatiga qarab Jannat va Do'zaxga olib bor.
Akani niyati ibodat, tavba u Jannatga.
Ukani niyati mayxo'rlik qilib maishat qilish aka bilan Olloh harom qigan narsani tanavul qilish niyatda dunyodan o'tdi, uni niyatiga qarab Do'zaxga!
Xulosa: niyat holis bo'sin, niyat to'g'ri bo'sin!Добавлено (22.12.2011, 22:48)
---------------------------------------------
NIyatingga yarasha kun ko'rasan deb eshitgandim bir voqhtla oyimladan, shu uhcun yahshi niyat qilish kere, bekorga etilmagan yahshi niyat yarim dovlat deb derdila oyijonim.