Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » "Ҳожи она"нинг гуноҳи ("Ҳожи она"нинг гуноҳи)
"Ҳожи она"нинг гуноҳи
FilmlaДата: Вторник, 12.07.2011, 12:17:48 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
Men Allohning farzini ado qilish niyatida hajga borib kelgan ayollardan biriman. Hozirgacha uyimdan meni ziyorat qilgani kelganlarning keti uzilmaydi. Allohning muqaddas dargohida bo'lib qaytganim uchunmi, kelganimdan so'ng ham maning menga deya havas bilan tikilayotganiny ko'ribmi, o'zimni gunohlardan butunlay forig' bo'lgandek engil his qilgandim. Lekin... Lekin men gunohkor bandaning Alloh ko'zimni ochib qo'yib, yana sinovga ro'para qilibdi-yu, g'aflatda qolib, buni anglamabman.
Endi nima degan odam bo'ldim?! Mayli, o'zimning nomimga dog' tushmasligi uchun o'z farzandimni tan olmagandirman, lekin bu «iymonim» uchun Yaratganning oldida o'zimni qanday oqlayman?! Men hozir «Hoji ona» bo'ldim deya oppoq liboslarni kiyib turib ham do'zax o'tida yonayapman...
Bundan yigirma ikki yil oldin gunoh ishga qo'l urganman. O'shanda qishlog'imizning qizlari ichida o'qigan qiz men edim. Menga ishonib, shaharga o'qishga yuborgan ota-onamning yuziga oyoq qo'yib, bir nomard yigitdan homilador bo'lib qoldim. U homilam besh oylik bo'lguncha «Onamga aytaman, sabr qil», deya aldab yurdi. Keyin esa ko'rinmay qoldi. Surishtirib bilsam u o'qishni tashlab ketgan ekan. Nima qilishni bilmay, qishloqqa qaytib, hamasini onamga aytib berdim. Onam bechora tuni bilan otamdan yashirincha yig'lab chiqdi. Ertalab esa «Sen o'qishingga boraver ,bola tug'ilgach, bir balo qilamiz», deb meni jo'natib yubordi.
Ko'zim yoriy degan kunlarning birida onam keldi .O'g'illi bo'ldim.

Uni ko'rib avvaliga jirkangan bo'lsam, keyin negadir sevindim. Lekin tug'ruqxonadan chiqishim bilanoq, onam bolamni olib, qishloqqa ketdi. Bolani «shahardan topib oldim» deb uch yildan beri farzand ko'rmayotgan opamga berdi. Onam ketishi oldidan bola meniki ekanligi haqida hech kimga aytmasligimni tayinladi. Bolani ko'rib, ezilmaslik uchun qishloqqa ham bormay qo'ydim.

Oradan ko'p o'tmay namozxon, aqlli bir yigit bylan tanishib qoldim. Bir kuni u menga uylanmoqchiligini aytib, roziligimni so'radi. Uning gapini eshitib, yig'lab yubordim. So'ng men bir nomard yigitga aldanganimni aytdim. Lekin farzandim borligini sir tutdim. U o'ylanib-o'ylanib «Men sizga vijdonli, aqlli qiz ekan ekanligingiz uchun uylanmoqchiman», deb o'z so'zida turdi. Uqishim bitishi bilanoq, to'yimiz bo'lib o'tdi. Xudoga shukr, erim juda ham yaxshi edi. Doim ko'nglimga qarardi. Avvaliga baxtli yashayotganim uchunmi bolamni deyarli unutayozdim. Lekin bir kuni erim bilan ota-onamnikiga mehmonga bordig-u, hammasi ostin-ustun bo'lib kyotdi. Biz borganimizni, eshitib, opam va pochcham ham etib»
keldi. Ular bilan birga o'g'lim Sobirjon ham kelgandi. Bolani ko'rib, qancha e'tibor bermaslik-ka! harakat qilsam ham, uddasidan chiqolmadim. Quchog'im olib, erkaladim. Erim meni ko'rib «Xudo xohlasa, bizning ham xuddi shunday farzandimiz bo'ladi», dedi Haqiqatni aytib, o'g'limizni olib ketgim keldi Lekin erimning ham o'ziga yarasha g'ururi bor, mening shuncha payt apdab yurganimni, buning ustiga otasi boshqa odam bo'lgan bolani uning ko'z oldaga olib borib yashashimni hazm qila olmasligiii o'ylab, qolaversa onam uqtirganidek «mening bolam emas» deya hech qachon tan olmaslikka o'z-o'zimga va'da berdim.
Oradan yillar o'tib, farzandli bo'ldim va yuragimdagi otash bir oz pasaygandek bo'ldi. Shu vaqt ichida Sobirjon katta yigit bo'ldi. Otasi o'lgach onasi va buvisiga g'amxo'rlik qilib, qishloqda yashay boshladi. To'g'rirog'i, uning shaharga o'qishga kirishini o'zim ham xohlamasdi. Uni bolam deya bag'rimga bosa olmasam ham sog'-salomat yurganligining o'zi men uchun katta baxt edi.
Ko'p o'tmay, Sobirjonni uylantirishdi. Endi unga «bolam» deya olmasligim sharti yana bir karra oshgan edi. Chunki endi uning o'z ro'zg'orlari, bolalari bo'ladi.

Axir Sobirjonni o'z bolalari oldida nikohsiz tug'ilgan degan uyatli nomga qolishiga qaysi vijdonim bilan yo'l qo'yman?!
Umr oqar daryo deganlaricha bor ekan. Mana oradan yigirma ikki yil o'tib, erim ikkimiz haj ziyoratini amalga oshirish uchun Makkai Mukarramaga borib qaytdik.
Bir kuni Sobirjon kelib qoldi. Uni ko'rib, yuragim shuv etib ketdi. Negadir u bu safar boshqacha bo'lib qolgandi, nuqul boshini quyi egadi. Ketar chog'ida meni chetga chaqi-rib, «Yaqinda o'rtoqlarida bir gap aytib qoldi. Rostdan ham siz mening onammisiz, unda otam kim?» deb so'raganida, to'g'risi dovdirab qoldim. «Nahotki, u bilgan bo'lsa?! Endi nima bo'ladi, erim, bolalarim nima deb o'ylaydi? Hozir «Hoji ona» deb hurmat qilayotg'an odamlar haqiqatni bilgach, yuzimga tupurish-maydimi?!» deya-ming bir xayol ko'chasiga kirib chikdim. Agar uni hozir bolam desam, mening hayotim butunlay o'zgarib kektishi mumkinligini o'ylab «yolg'on, sen mening jiyanimsan», dedim tap tortmay.
Mana o'sha gaplarga ham bir yil bo'laydedi. Bir yildirki o'z etimga ham sig'may ketyapman. Ba'zan hammasini ochiq-oydin aytgim keladi, lekin... Bunday qilishdan qo'raayan. «Hoji ona» bo'la turib ham yojon gapirganimni Sobirjon—o'g'lim bilsa, (Mendan bir umr nafratlanib o'tmaydimi?! (Mohinadan)

Azizlar, maslahat beringlar nima qilay????


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » "Ҳожи она"нинг гуноҳи ("Ҳожи она"нинг гуноҳи)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024