Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Birovning Haqi Aslo Buyurmaydi! (Mazlumlar Duosi...)
Birovning Haqi Aslo Buyurmaydi!
FilmlaДата: Вторник, 12.07.2011, 12:30:12 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
Bir zamonlar qo‘li kesilgan bir odam bo‘lib, u yurgan yo‘lida: “Meni ko‘rgan har bir inson biror kishiga zulm qilmasin”, deb nido qilib ketardi.
Odamlar esa unga goh achinib, goh ajablanib boqishardi. Ular orasidan bir kishi:

— Ey, birodar, senga nima bo‘ldi? — deb so‘radi.

U esa boshini quyi solgancha javob berdi:

— Men zolimlarning yordamchilaridan biri edim. Hech kimga shafqat qilishni bilmasdim. Biror odamning qo‘lidagi narsasi yoqib qolsa, darhol uni tortib olardim. Bir kuni yo‘lda baliqchini ko‘rib qoldim. Uning qo‘lida kattakon baliq turardi. Uning yoniga kelib, balig‘ini menga berishini so‘radim. U esa: «Baliq bolalarimning nasibasi, uni tekinga berolmayman. Menga pulini bering, mayli, baliqni oling», — dedi. Men esa uning gaplarini parvoyimga ham keltirmadim. Zo‘ravonlik bilan kuch ishlatib, baliqni undan tortib oldim. Baliqni ko‘tarib uyga kelayotganimda hali joni uzilmagan jonivor qo‘limni tishlab oldi. Uyga kelib baliqni tashlaganimdan so‘ng barmog‘im zirqirab og‘riy boshladi. Og‘riq azobidan tuni bilan uxlolmay chiqdim. Tongga borib qo‘lim shishib ketdi. Tong otishi bilanoq tabibga borib, og‘riqdan shikoyat qildim. U barmog‘imni ko‘rib: «Bu qorason (suyak chirishi) kasalining boshlanishi. Barmog‘ingni kesib tashlash kerak. Aks holda qo‘lingdan ayrilasan», — dedi. Tabibning aytganini qilib, barmog‘imni kesib tashladim. Ammo shu bilan azob tugamagan ekan. Endi og‘riq qo‘limga o‘tdi. Bu gal tabib: “Kaftingni kesib tashla”, dedi. Kaftimni ham kesib tashlashga majbur bo‘ldim. Keyin bu dard tirsakka o‘tdi. Ko‘rib turibsizki, tirsakdan ham mahrum bo‘ldim. Butunlay qo‘limni kesib tashlaganlaridan so‘ng ba’zilar buning sababini so‘ray boshladilar. Men baliq voqeasini hikoya qilib berganimdan so‘ng ular: “Oldinroq borib baliqchiga uzringni aytganingda, ehtimol, biror-bir a’zoing kesilmasdi, haliyam kech emas, borib kechirim so‘ra, aks holda badaningga o‘tib ketmasin!” — deb maslahat berishdi. Men baliqchini izlab topdim. Oyoqlariga yiqilib, yig‘lab o‘pa ketdim. “Sayyidim, Alloh haqi, meni kechiring”, deb yolvora boshladim. U: “Siz kimsiz?” deb so‘radi. “Men balig‘ingizni tortib olgan kishiman”, deb bo‘lgan voqeani unga eslatdim. Qo‘limni ko‘rib yig‘lab yubordi. “Ey, birodar boshingizga shunday balolar tushibdi. Mingdan ming roziman”, dedi. “Sayyidim, Alloh haqi, ayting-chi, balig‘ingizni olib qo‘yganimda meni duoibad qilganmidingiz?” — deb so‘ragan edim, “Ha, ey, Allohim, bu bandang kuchliligi sababli menga rizq qilib bergan narsangni zo‘ravonlik bilan tortib oldi. Bas, menga shu bandang ustida O‘z qudratingni ko‘rsat, deb duoibad qilgan edim”, dedi. Ana shu qarg‘ishning ortidan men shu ahvolga tushdim.

Qissadan hissa: Birovning haqi boshqasiga buyurmaydi. Alloh har kimning nasibasini bo‘lak qilib yetkazadi. Bas, birovning haqini yeyishdan, unga zulm qilishdan saqlaning. Odamlar ko‘ngliga ozor berish esa... Alloh Taolo mazlum bandalariga, albatta, yordam beradi. Zulm qilganlar esa alal-oqibat o‘zlari yomonlikka giriftor bo‘lishadi. Ilohim, Tangrim har birimizni yomonlik qilishdan asrasin!
Aytishlaricha, Kisro (fors podshohi) o‘g‘liga ta’lim-tarbiya beradigan ustoz tayin qildi. Bola fazlu odobda barkamol bo‘lib o‘sdi. Bir kuni ustozi uni qattiq urdi. Bola esa katta bo‘lguncha ustoziga nisbatan ich-ichidan kek saqlab yurdi. Uning xayolidan o‘sha sababsiz urilgan zarba ketmasdi.
Otasi o‘lib taxtga chiqqach, u birinchi ustozini yoniga chorladi:

— Falon kuni hech bir sababsiz, aybim bo‘lmasa-da, meni qattiq urgan edingiz. Bunga sizni nima majbur qildi? — deb so‘radi.

Ustozi esa kulimsiragan ko‘yi javob berdi:

— Ey podshoh, fazlu odobda kamolga yetganingizda, siz otangizdan so‘ng taxtga o‘tirishingizni bilgan edim. Shuning uchun sizga kaltak og‘rig‘ini, zulm alamini torttirishni xohladim, toki biror kimsaga ham zulm qilmagaysiz.
HADISLAR
Rasululloh (s.a.v.): “Birodaringga zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam ber”, dedilar. Shunda bir kishi: “Yo, Rasululloh, agar mazlum bo‘lsa-ku, yordam beraman. Bordi-yu, zolim bo‘lsa-chi, u holda qanday yordam beraman?” deb so‘ragan edi, ul zot: “Uni zulmdan qaytarasan yoki to‘xtatasan. Mana shu unga yordam berishingdir”, dedilar.

* * *

“Kimda kim qarich yer ustida zulm qilsa (o‘ziniki qilib olsa), o‘sha yerning yetti qavati uning bo‘yniga osib qo‘yiladi”.

* * *

“Mazlumning duosidan ehtiyot bo‘l, zero, uning duosi bilan Allohning orasida parda-to‘siq yo‘qdir”.

* * *

“Parvardigor azza va jalla aytadi: “Ey bandalarim, Men O‘zimga zulmni harom qildim va uni sizlarning orangizda ham harom qildim. Bas, bir-biringizga zulm qilmanglar”.

* * *

“Mazlumning duosidan saqlaninglar. Zero, u bulutda ko‘tariladi. Alloh: “Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, garchi ozginadan keyin bo‘lsa-da, senga, albatta, yordam beraman”, deydi”.

* * *

“Qurbi yeta turib, qarzini to‘lamay yurish ham katta zulmdir”.


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Birovning Haqi Aslo Buyurmaydi! (Mazlumlar Duosi...)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024