Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » QABR AZOBI (Hech O'ylab Ko'rdingizmi?)
QABR AZOBI
FilmlaДата: Вторник, 12.07.2011, 12:33:08 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
Buni ma'ruzalarda tinglab ko'rgan bo'lishingiz mumkin, lekin forumga ham yozma ravishda joylab qo'yilsa, bilmaganlar o'qib ko'rishsa foydadan xoli bo'lmaydi deb shu yerga joyladim.Marhamat.

Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvoning huzuriga kelib:
— Ey, amiral mo‘minin, men ulkan gunoh qildim. Endi tavba qilsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.

— Nima gunoh qilding? — so‘radi amiral mo‘minin.

— Gunohim juda ulkan, — deya boshini quyi egdi yigit.

— U nima ekan? — deya hayratlandi Abdumalik. — Alloh taologa tavba qil. U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi.

— Ey, amiral mo‘minin, men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Bu ishdan qo‘rqmasdim ham, hatto tavba qilmasdim. Ammo bir kecha g‘aroyib ishlarni ko‘rdim, — dedi yigit.

— Nimalarni ko‘rding? — deya savol berdi amir.

Yigit og‘ir tin oldi-da, so‘ng ko‘rganlarini bir boshdan ayta boshladi:

— Bir kecha bir qabrni kavladim. Qarasam, mayitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayitning yuzi nega qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», degan javob keldi. So‘ng boshqa qabrni kavladim. Qarasam, murda to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deya so‘radim, “U tirikligida sharob ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi qaytib chiqmoqchi bo‘lib turganimda yana: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. Sababini so‘radim. «U siydikdan saqlanmas va odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu”, degan javob keldi. Undan so‘ng boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayit olovda kuyayotgan ekan. Yanada xavotirga tushib, lahaddan chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘radim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Va nihoyat boshqa qabrga o‘tib, shu oxirgisi deya qabrni kavladim. Qarasam, qabr ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayit esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning salobatidan cho‘chib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb so‘radim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan edi», dedi. Shu sababdan tavba qilmoqchiman, — deya hikoyasini yakunladi yigit.

Uning gaplaridan o‘yga botgan Abdumalik:

— Albatta, sen so‘zlagan voqeani Tangri taolo boshqa bandalariga ibrat qilish maqsadida ko‘rsatgan. Bu voqeada osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar uchun esa bashorat bordir, — dedi.

Qissadan hissa: Hammasi o‘tkinchi: dunyo, davlat, omad, iztirob... Bir kuni barchasiga yakun yasalib, haqiqiy dunyo sari otlanamiz. To‘rt oyoqli yog‘och ot manzilimizga — lahadga olib boradi. Ortimizdan kimdir zor-zor yig‘lasa, kimdir kuladi. Shundan so‘ng haqiqiy dunyo boshlanadi. Foniy dunyoda qilgan amallarimizga yarasha javob berishni boshlaymiz. Bu dunyoning hoyu havasi ko‘zingizni ko‘r qilib qo‘ygan bo‘lsa, qalban Yaratganga yaqinlashing, astoydil tavba qiling. Iloho, yuqoridagi rivoyatdagi singari qabr azobiga duchor bo‘lishdan asrasin.
Hech o‘ylab ko‘rdingizmi?
— Mol-davlatimiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz yo‘qoldi.

— Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi.

— Dorilar ko‘paydi, kasalliklar ozaymadi.

— Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg‘onamiz.

— Kam kitob o‘qiymiz, ko‘p televizor ko‘ramiz.

— Ko‘p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz.

— Pul topishni o‘rgandik, sarfni eplolmadik.

— Oyga uchib qaytishni bilamiz, lekin qo‘shnimiz holidan xabar olish uchun ikki qadam bosmaymiz.

— Fazoda nima bo‘layotganini bilamiz, lek ichki kechinmalarimizdan bexabarmiz.

— Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.

— Rejalar tuzamiz, natijalar ko‘rinmaydi.

— Shoshilishni o‘rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.

— Tanishlarimiz ko‘p, do‘stlarimiz kam.

— Yutuqlarimiz ko‘p, quvonchlarimiz kam.

— Ko‘p narsani bilamiz, amalimiz kam.

— Doimo labimizda kulgi, lek ko‘zyoshimiz kam.

— Va nihoyat: umrga yillar qo‘shdik, ammo bu yillarga hayot baxsh qilolmadik.
Bir kishi Rasulolloh(S.A.V) ga "Insonlar ichida zohidrog'i kim? "dedi. U zot s.a.v:"Qabrni va unda chirib yo'q bo'lishni istagan esdan chiqarmagan , dunyoning ortiqcha zeb -ziynatlarini tark etgan , foniy (dunyo)dan boqiy (oxirat )ni afzal ko'rgan , ertasini kunim deb hisoblamagan va o'zini qabr ahlidan deb bilgan kishidir "javob qildilar.
Hazrati Alidan:"Nima sababdan qabristonga qo'shni bo'lib oldingiz ? "deb so'raganda " Qabrda yotgan qo'shnilariming yaxshi rostgo'y qo'shni ekan . Ular doimsukut saqlaydilar va oxiratni eslatib turadilar ", deb javob bergan ekanlar.
Rasululloh (S.A.V):"men qabrdan ko'ra daxshatliroq manzarani ko'rganim yo'q "degan ekanlar.
Yana bir hikoya.

Abu Zarr G'iforiy(Raziyallohu Anhu): "SHo'rim quriydigan kun qaysi ekanini sizlarga aytib beraymi ?dedilar.Odamlar:"Xa ,aytib bering ", deyishdi.Ukishi :Qabrga qo'yilib ,o'sha erda qoldirilgan kunim ",degan ekanlar .
Molik ibn Diynor aytadilar :Bir kuni o'liklarni ko'rib ,ko'rib ularning axvolidan ibrat oliy deb ,qabristonga keldim .Qabrlar orasida aylanib yurar ekanman ,she'r o'qiy boshladim
Qabristonga kirib bir kuni ,
Qabr ahliga qildim bir nido :
Kazo-kazo ,mag'rurlar qani ?
Amaldorlar beringiz sado.
Haq da'vatin eshitgan zamon ,
Tazarru'-la"LABBAY"deganlar
Eshigiga faqir kelgan on ,
Zakotini ado etganlar .

QANI ?
QANI ?
QANI ?
degan ekanlar .
Qabristonga kirib bir kuni,
Qabr ahliga qildim bir nido:
Kazo-kazo, mag‘rurlar qani?
Amaldorlar, beringiz sado.
Haq da’vatin eshitgan zamon,
Tazarru’-la “labbay” deganlar.
Eshigiga faqir kelgan on,
Zakotini ado etganlar.
Qabrdagi siquv
Imom Nasoiyning «Sunan»larida Abdulloh ibn Umardan (roziyallohu anhu) keltirilgan hadislardan birida Payg‘ambarimizning shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Bu shunday kishiki, uning o‘limi bois arsh larzaga keldi, osmon eshiklari esa lang ochib qo‘yildi va unga yetmish ming maloika guvohlik berdi. Shunday bo‘lsa-da (qabrda) bir qattiq siqib olindi va so‘ng bo‘shatildi”.

Nasoiy deydilar: “Rasululloh bu yerda Sa’d ibn Maozni nazarda tutganlar”.

Sa’d ibn Maoz ulug‘ sahobiylardan. Vafot etganlarida Alloh taoloning arshi larzaga kelgan.

Oisha onamiz rivoyat etishlaricha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: “Qabrda bir siquv bor. Agar undan biror kimsa qutila olganida edi, o‘sha kishi Sa’d ibn Maoz bo‘lardi”.
Siydikdan poklanmaslik va chaqimchilik qilish
Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Nabiy alayhissalom Madina bog‘laridan biridan o‘tayotib, qabrdan kelayotgan tovushni eshitib qoldilar. Bu qabrlarida azob chekayotgan ikki kishining ovozi edi. Shunda u janob aytdilar: “Bu ikkisiga azob berilyapti, lekin katta gunohlari sababidan emas. Biri siydigidan pok-lanmas edi, ikkinchisi esa chaqimchilik qilardi”.


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » QABR AZOBI (Hech O'ylab Ko'rdingizmi?)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024