Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » G'aflatda Qolmaylik Azizlar!Axir bu O'tkinchi Dunyoku !? (Belgi bo'lsada, bo'lmasada tayyor turaylik!)
G'aflatda Qolmaylik Azizlar!Axir bu O'tkinchi Dunyoku !?
FilmlaДата: Пятница, 15.07.2011, 01:52:47 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
Donishmandlar ayturlarki, g‘aflat nadomatni orttiradi. G‘aflat ne’matning qo‘ldan ketishiga sabab bo‘ladi. G‘aflat Ollohning yo‘lini pardalaydi, hasadning kuchayishiga, kishining ozorlanishiga sabab bo‘ladi.

Yoqub (a.s.) bilan o‘lim farishtasi Azroil birodarlardek uchrashib turishardi. Bir kun Azroil ziyoratga kelganida, oralarida shunday suhbat bo‘ldi. Hazrat Yoqub so‘radi:

— Ey o‘lim farishtasi, ziyoratga keldingmi yo jonimni olganimi?

O‘lim farishtasi:

— Ziyoratga keldim, — dedi.

Hazrat Yoqub Azroilga:

— Sendan bir talabim bor, — dedi.

— Nima ekan u?

— Ajalim yaqinlashib, jonimni olmoqchi bo‘lganingda menga sal oldinroq xabar bersang.

O‘lim farishtasi:

— Juda soz. Senga ikki yo uch xabarchi yuboraman, — dedi.

Bu suhbatdan birmuncha vaqt o‘tgach, Hazrat Yoqubning ajali yaqinlashdi. O‘lim farishtasi yana keldi. Yoqub (a.s.) so‘radi:

— Ziyorat maqsadida keldingmi yo jonimni olganimi?

— Joningni olgani! — dedi o‘lim farishtasi.

— Axir, sen menga oldindan xabar bermoqchi eding-ku?! Ikki yo uch xabarchi yuboraman deganding... Qani xabar berganing?

— Men aytganimni qildim, — dedi Azroil. — Sochlaring oldin qora edi, oqardi.

Vujuding oldin kuchli edi, keyin quvvatdan qoldi. Qadding oldin tik edi, endi bukildi. Ey, Yoqub, mana shu uch narsa o‘limdan oldin insonlarga mening yuborgan xabarchilarimdir.

Biroq inson zoti g‘aflatda yotganligi bois, bu xabarchilarning kelganiga parvo qilmaydi. Boqiy dunyo safari uchun nimalar hozirlab qo‘yganiga nazar solmaydi. Ko‘ngli moyil bo‘lib yiqqan mol-dunyosini orqalab ketolmasligi, faqatgina yaxshi amallari, ibodatlari unga yo‘ldosh bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rmaydi.

Shaqiq Balxiy shunday deydi: “Insonlar og‘izlarida ba’zi bir gaplarni ko‘p aytadilar, lekin fe’l-atvorlarida bu gaplarga qarshilik qiladilar:

1. Ollohning bandasiman, Ollohning quliman, deydilar-u, hayotda banda-qul kabi emas, juda erkin, betizgin, hur kabi tutadilar. O‘zlarini dunyoda abadiy boyvachcha, deb bilishlari Olloh o‘rtaga qo‘ygan go‘zal axloq asoslariga to‘g‘ri kelmaydi.

2. Olloh har kimning rizq-nasibasini kafolatlagan deydilar-u, qalblari faqat dunyo molini orttirish bilangina shodlanadi.

3. Dunyoda hammamiz o‘tkinchimiz, hammamiz ham o‘lamiz deydilar, lekin hech qachon o‘lmaydigandek dunyo bilan o‘ralashib, Ollohning buyruqlari bilan ishlari bo‘lmay qoladi (namoz o‘qimaydilar, zakot, sadaqa bermaydilar, xalq farovonligi, yurt obodligi to‘g‘risida o‘ylamaydilar, sarf-xarajatlar qilmaydilar)”.

Payg‘ambarimizdan naql etilgan bir xabar shundaydir:

— Arshda shu shaklda yozuv bor:«Men (Olloh) menga itoat etganning istaklarini beraman, ishini yo‘lga qo‘yaman. Meni sevganni sevaman. Meni chaqirganga javob beraman. Afv tilaganni afv etaman».

Rivoyat qilishlaricha, bir odamning qopi yo‘qoladi, kimga berganini hech eslayolmaydi. Bir kun namoz o‘qiyotganda qopi kimdaligi esiga tushib qoladi. Namozni tugatgani zamonoq xizmatkoriga qarab baqirdi:

— Hoy, falon kishinikiga bor, qopimizni so‘ra!

Xizmatkor:

— Qop undaligini qachon esladingiz? — deb so‘radi.

Xoja:

— Namozda! — deb javob qildi.

Xizmatkor:

— U holda siz ibodat qilmay, qop qidiribsiz!...

Xizmatkorning bu go‘zal tanbehi va to‘g‘ri e’tiqodi tufayli xojasi uni ozod etadi.

Aqli bor odam qalbini dunyoga emas, Ollohga beradi. Oqibatni o‘ylaydi va oxirat uchun hozirlik ko‘radi. Shuning uchun ham Rabbimiz buyuradi: “Kim oxirat ekinini istar ekan, biz unga ekinining hosilini mo‘l-ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, biz unga o‘shandan (dunyo matolaridan) berurmiz va uning uchun oxiratda biron nasiba bo‘lmas!”


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » G'aflatda Qolmaylik Azizlar!Axir bu O'tkinchi Dunyoku !? (Belgi bo'lsada, bo'lmasada tayyor turaylik!)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024