Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Bahtli hayot sari... (barcha oq'ib chiqsin juda ham foydali gaplar...)
Bahtli hayot sari...
FilmlaДата: Пятница, 15.07.2011, 01:54:00 | Сообщение # 1
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн

...Har-bir yigit-qiz bir kun kelib turmush quradi. Hamma ham xotirjam hayot kechirishni orzu qiladi. Baxtli hayotdan bahramand bo'lishni istayotgan kishilarga maslahatim, yuqorida sanab o'tilgan ko'rsatmalarni o'zlari uchun dasturul-amal qilib olsinlar. Vaqti-vaqti bilan murojaat qilib, zimmalaridagi ba'zi burchlarini unutib qo'ygan paytlarida bir-birlariga eslatib turishlari uchun bu ahd-paymonni oq qog'ozga tushirib, har-birlari undan nusxa ko'chirib olsinlar. Kelishuv qog'ozda qolib ketmasin...
Allohga hamdu sanolar, anbiyolar xotami bo'lmish zotga salotu salomlar bo'lsin! O'zining soddaligi, isrof va g'ayridinlarning munkar urf-odatlaridan xoliligi bilan ajralib turadigan islomiy nikoh marosimi tugagach, kelin-kuyov o'zlariga ajratilgan xonaga kirib ketadi. Kuyov qo'lini kelinning boshiga qo'yib, quyidagi ma'sur duoni o'qiydi: «Ey Allohim, men Sendan uning va unga (tug'ma) tabiat qilib bergan narsangning yaxshiligini so'rayman. Uning va unga (tug'ma) tabiat qilib bergan narsangning yomonligidan panoh berishingni so'rayman». Buxoriy rivoyati.
Keyin tahorat qilib, kelin bilan ikki rakat namoz o'qiydi va hayotlari davomida mana shu yosh oilalarini har-xil yomonliklardan asrashini hamda birga ahil-inoq umr kechirishni so'rab Alloh ta'ologa iltijo qiladilar. Yosh oilalarining musaffo havosi kirlanmasligi va shirin turmushlarining bardavom bo'lishi uchun ular quyidagi asoslarga amal qilishga kelishib oladilar.

1. Niyatni xolis qilish
Niyat har bir ishning asosi hisoblanadi. Amallarning bir-biridan afzal bo'lishidagi asosiy omil ham niyatdir. Agar niyat xolis bo'lsa, odatiy amallar ham ibodat darajasiga ko'tariladi. Alloh ta'olo bandalarini –niyatlari xolis bo'lsa - kundalik amallarini ham ulkan ajrlar bilan mukofotlaydi. Shuning uchun kelin-kuyov turmush qurishdan nima maqsad ekanini anglab olishlari lozim. Musulmon va muslimaning turmush qurishdan maqsadi johil kimsalarning maqsadlaridan farq qilib, faqat jinsiy g'arizani qondirishdan oliyroq turishi kerak.
Islomiy oilani vujudga kelishiga quyidagilar sabab bo'ladi:

a) Payg'ambar alayhis-salom yoshlarni uylanishga buyurib dedilar: «Ey yigitlar jamoasi, qay biringiz uylanishga qodir bo'lsa, uylansin! Chunki (uylanish) ko'zni nomahramga tikishdan, avratni haromdan (zinodan) saqlaydi...». Muslim rivoyati.
b) Avratni, ko'zni hamda iffatni haromdan saqlash niyatida qurilgan oila Alloh va'da qilgan yordami va tavfiqiga noyil bo'lur.
Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Uch toifa kishiga yordam berish Alloh ta'olo zimmasidagi haqdir: (ular) Alloh yo'lidagi mujohid, o'zini ozod qilish uchun hojasi bilan kelishgan qul va (zinodan) pokiza bo'lish maqsadida uylangan yigit». Ahmad, Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari,
v) Alloh ta'olo manhajiga muvofiq oila qurib Alloh ta'olodan ajr umid qilish.
g) Yolg'iz Allohga ibodat qiladigan va Payg'ambar (s.a.v) Qiyomat kuni boshqa payg'ambarlar oldida ko'pligi bilan faxrlanadigan Islom ummati safini ko'paytiradigan solih farzandlar dunyoga keltirish.
d) Ularni islomiy ruhda tarbiyalash. Shoyad, Alloh ta'olo ular orasidan din g'amini eydigan, musulmonlarni nusrat va g'alaba sari etaklaydigan yo'lboshchilarni chiqarsa! Ehtimol ular etuk olimlar, pahlavon mujohidlar safiga qo'shilar!
e) Ayoli va farzandlariga qiladigan g'amxo'rligi evaziga Allohdan ajr umid qilish.

Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Kim Allohdan ajr umidida ahli oilasiga nafaqa qilsa, bu nafaqasi uning uchun sadaqa o'rniga o'tadi». Muttafaqun alayh.
Agar er-xotin mana shu maqsadlarni astoydil ko'ngliga tugsa, hayotlari ibodatga aylanib, har-bir olgan nafaslari uchun ajrga ega bo'ladilar.

2. Alloh ta'olo toat-ibodatida hamkorlik
Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Kechasi turib, namoz o'qigan, ayolini ham namoz o'qishga uyg'otgan, agar bosh tortsa, yuziga suv sepgan kishiga Allohning rahmati bo'lsin. Kechasi turib, namoz o'qigan, erini ham namoz o'qish uchun uyg'otgan, agar turmasa, yuziga suv sepgan ayolga (ham) Allohning rahmati bo'lsin!». Abu Dovud rivoyati.
Agar er-xotin o'rtasida bir-birini ibodatga undash sifati bo'lmasa, loaqal bu yo'ldan bir-birlarini to'smasinlar. Qancha ayollar erlarining ibodat, ilm olish, jihod yoki da'vat ishlariga to'g'onoq bo'lib, eri zimmasidagi o'zining ayrim haq-huquqlarini uning ibodati, jihod qilishi yo'lida qurbon qila olmaydilar.
«Ey mo'minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya'ni, Allohga ibodat qilishdan) yuz o'girtirib qo'ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'rguvchi kimsalardir». «Munofiqun»-9.
Ayollarimizga har sohada Payg'ambarimiz jufti halollari-Onalarimiz va sahobiy ayollar munosib namuna bo'la oladilar. Ular erlarini ko'chaga kuzata turib bunday der edilar:
«Ey falonchi, biz xususimizda Allohdan qo'rqqin! Biz ochlikka chidashimiz mumkin, lekin haromga sabr qila olmaymiz».


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
FilmlaДата: Пятница, 15.07.2011, 01:55:02 | Сообщение # 2
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
3. Alloh shariatiga muvofiq islomiy oila qurish
Ular barcha amallarini Alloh Kitobiga qarab bajaradilar. Biror masala xususida Alloh va Rasulining hukmini bilsalar, havoi nafslari va urf-odatlari bilan unga qarshi chiqmaydilar. O'zlarining sof aqidalari bilan oliy bo'lib turaveradilar. Allohning Kitobi va Rasululloh (s.a.v)ning sunnatlariga zid bo'lgan har qanday botil ahli qarshisida viqor va salobat bilan tura oladilar. Ular boshqa musulmonlarga ham islomiy oila masalasida namuna bo'lishga intiladilar. Bunday oiladan Qur'oni Karim va Rasul Akram sunnatining nafasi ufurib turadi. Nechog'li barakotli oila bu!

4. Alloh ta'olo va Rasululloh (s.a.v) buyruqlariga bo'ysunib, oilalarini mehr-muhabbat, vafo va sadoqat asosiga quradilar. Oila ahd-paymoni juda nozik bo'lib, Alloh ta'olo ahdga vafo qilganlarga chiroyli oqibat, ahdni buzganlarga esa jazo tayyorlab qo'ygandir. Er-xotin o'rtasida nafrat, adovat, hasad kabi qabih illatlarning bo'lishi islomiy tasavvurga mutlaqo yotdir.
«Axir bir-biringiz bilan qo'shilib, ular (ya'ni, xotinlaringiz) sizlardan (yaxshilik bilan hayot kechirish yoki chiroyli suratda ajrashib ketish haqida) qat'iy ahd-paymon olganlaridan so'ng qanday qilib uni (ya'ni, mahrni) qaytarib olasiz?!». «Niso»-21
Sayyid Qutb rahimahulloh mazkur oyat xususida aytadi: «Oyati-karimadagi ... (ifzo) - qo'shilish kalimasi er-xotinning bir-biriga jinsiy jihatdan qo'shilishinigina anglatmaydi, balki his-tuyg'u, muhabbat, hamdardlik, tasavvurlarning bir-biriga to'g'ri kelishi hamda erkak va ayol hayotining ajralmas qismlaridan bo'lgan bundan boshqa o'nlab ko'rinishlarini o'zida mujassam etishi mumkin. Muhabbat izhor etish, bir-birining og'irini engil qilish, xushmuomalalik, og'ir-engil kunlarda bir-biriga dalda bo'lish va hatto ayoliga biroz teginishi ham oyatda zikr qilingan qo'shilish so'zi jumlasidandir...». «Fi Zilalil Qur'an», 1- tom.
Shuningdek, Qur'oni Karim va sahih sunnat erlarni ayollari bilan - hatto ularni yaxshi ko'rmasalar ham- xushmuomalada bo'lishga buyuradi va bu Islom dinining ayollarga nisbatan ulkan hurmat-ehtiromidir. Hamisha biz uchun payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salom go'zal namunadirlar. U zot shunday marhamat qiladilar: «Sizlarning yaxshilaringiz o'z oilasiga yaxshi muomala qiladiganlaringizdir. Men esa sizlarning orangizdagi o'z oilasiga eng yaxshi muomala qiluvchi kishiman». Ibn Moja rivoyati.
«Mo'minlarning komil iymonlilari ularning chiroyli xulqlilaridir. Sizlarning eng yaxshilaringiz ayollariga chiroyli xulq bilan muomala qiladiganlaringizdir». Termiziy rivoyati.

5. Hamisha islom nazari bilan yashamoq
Er-xotin o'rtasidagi mehr-muhabbat ularni bir-birlarining munkar ishlarini to'g'rilashdan to'smasligi lozim. Harom ishni qilayotgan kishiga –kim bo'lishidan qat'iy nazar- xushomad qilish va uning shariatga bee'tibor bo'lishiga jim qarab turish Rasululloh (s.a.v) sunnatlariga ziddir.
Payg'ambar (s.a.v)ga ayollari ichida eng suyuklisi Oisha (r.a) edilar. Oisha (r.a)ni «Ey Oish», «Ey Humayro», deb gohida ismlarini qisqartirib, gohida erkalatib chaqirar edilar. Oisha onamiz hayz holatlarida bir idishdan suv ichsalar, Payg'ambar alayhis-salom ham o'sha idishning aynan Oisha onamiz ichgan joyidan suv ichardilar. Ro'zador hollarida ham ayollarini o'pardilar. Biroq, Allohning hududlari oyoq osti qilingan erda Nabiy (s.a.v) g'azablarini hech narsa to'sib qololmasdi.
Oisha (r.a)dan: «Men surati bor matodan Rasululloh (s.a.v)ga yostiq tikdim. U kishi uyga kelgach, eshik oldida turib qoldilar va yuzlari o'zgardi. Men: - Nima gap, Yo Rasululloh!»- deb so'radim.
Shunda Payg'ambar alayhis-salom:
- Mana bu yostiq qaerdan keldi?,- dedilar.
- Buni siz yonboshlashingiz uchun qilgandim»,- dedim men.
- Axir, surat bor uyga farishtalar kirmasligini bilmaysizmi?!- dedilar Nabiy (s.a.v)». Buxoriy rivoyati.
6. Bir-biriga taskin berish
Er-xotin bir-biriga muloyimroq bo'lishi kerak. Abu Dardo va Ummu Dardo bunga yorqin misol bo'la oladi. Agar Abu Dardo g'azablansa, Ummu Dardo sukut saqlab, erining ko'nglini olishga harakat qilardi. Ummu Dardo biror narsadan xafa bo'lib qolsa, Abu Dardo sukut saqlardi va ayolini tinchlantirib, uni rozi qilish yo'llarini qidirardi. Ular turmush qurgan ilk kunlaridan boshlab mana shu yo'lni o'zlariga dasturul-amal qilib olishgan edi. Haqiqatan ham bu oqilona yo'l edi.
Oilada kelishmovchilik chiqqanida g'azablarini tizginlay olmaydigan qancha kishilarning oilasi buzilib ketdi.


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
FilmlaДата: Пятница, 15.07.2011, 01:55:46 | Сообщение # 3
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
[b][size=13]7. Xato qilish inson tabiatidandir
Inson farishta emas. Hayot xato-kamchiliksiz bo'lmaydi. Oilada er-xotin bir-birini kechirib yashashi lozim. Yo'l qo'yilgan arzimas nuqson sababli bir-birlarining katta-katta yaxshiliklarini unutmasinlar. Albatta bu erda dunyoviy masalalar ko'zda tutilyapti. Har ikkala tomon nafsoniyatga tegmaydigan yumshoqroq yo'llarni qidirsin. Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v) erkak kishini biror safardan qaytganda uyiga yarim tunda kirib borishdan qaytardilar. Chunki, er ayolining xunuk holati ustidan chiqib qolib, undan ko'ngli sovishi mumkin. Bu Rasululloh (s.a.v)ning o'ziga xos uslublaridan edi.
Rasululloh (s.a.v) ayollarining uyida navbati bilan tunar edilar. Bir kuni Oisha (r.a)ning hujralarida ashoblari bilan o'tirardilar. Ummu Salama onamiz bir laganda Rasululloh (s.a.v)ga ovqat olib keldilar. Oisha (r.a) esa bu paytda bir matoga o'ranib olgan holda qo'lida tosh bilan turardi. Oisha (r.a) onamiz Ummu Salama keltirgan laganni qo'lidagi tosh bilan (atayin) urib, ikkiga bo'lib yubordi. Nabiy (s.a.v) laganning singan bo'laklarini terib olarkanlar, bunday dedilar:
«Eyaveringlar, eyaveringlar, onangiz rashk qildi». Nasoiy rivoyati.
Dono fikr, shunday emasmi?! Rasululloh (s.a.v) Oisha onamizning xatosini halimlik bilan qarshi olib, sabr qildilar.

8. Oiladagi gap ko'chaga chiqarilmaydi
Oilada bo'ladigan kamchilik, kelishmovchilik va har xil muammolar er-xotin o'rtasida qolishi, ota-ona va boshqa qarindosh-urug'lar qulog'iga etib bormasligi lozim. Agar o'rtadagi kelishmovchilik kuchayib, nizo birga yashab ketishlariga ko'zlari etmaydigan darajada keskin tus olsa, qarindoshlari orasidan dinda mustahkam va fahm-farosatli bir kishini muammoni xal qilishda hakam qilishlari mumkin.

9. O'zaro maslahat
Kelin-kuyov yaqin kunlarda yoki kelajakda qilmoqchi bo'lgan ishlari va bu ishlarga qanday erishmoqchi ekanliklari haqida bir-birlariga oshkor aytishlari kerak. Shoyad, ularning maqsadlari bir-biriga muvofiq kelib, barcha muammolarini bahamjihat xal qilsalar. Ehtimol kelinning o'ziga xos (hech kimga ayta olmayotgan) biron rejasi bordir. Ayoliga ko'maklashishi hamda uning maqsadlariga to'sqinlik qilmasligi uchun er o'z xotinining sirlaridan ham voqif bo'lishida hech qanday haraj yo'q. Zero, ayol erining ruxsatisiz biron ish qilishi mumkin emas.


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
FilmlaДата: Пятница, 15.07.2011, 01:56:07 | Сообщение # 4
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
Itoat haqida
Oilada er kishi boshliq bo'lishi kerak. Ayolga ma'siyat bo'lmagan o'rinlarda eriga itoat qilib yashashi vojib bo'ladi.
Alloh ta'olo aytadi: «Erkaklar xotinlari ustidan rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularni birovlarini birovlaridan (ya'ni, erkaklarni ayollaridan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o'z mol-mulklaridan sarf-harajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va (erlari) yo'qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklari va o'z iffatlarini) saqlovchi xotinlar – yaxshi xotinlardir. Xotinlaringizning itoatsizligidan qo'rqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, so'ng (ya'ni, pand-nasihatlaringiz kor qilmasa), ularni yotoqlarda tark qilingiz (ular bilan bir joyda yotmang, yaqinlashmang), so'ngra (ya'ni, shunda ham bo'ysunmasalar), uringlar! Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo'l axtarmanglar. Albatta Alloh eng Yuksak va Buyuk bo'lgan Zotdir». «Niso»-34.
Ushbu oyatda oiladagi er bilan xotinning o'rni belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma'naviy ehtiyojlariga javobgar bo'lgan hamda uni chetdan bo'ladigan har qanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. Mana shular evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og'ir-bosiqlik, oila tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar sababli ham u oilaning boshlig'i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, itoatli, erining uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo'lgan ayoldir. Agar xotin tomonidan oilaning yo er-xotinning tinch-totuvligiga rahna soladigan biron fe'l sodir bo'lsa, erning vazifasi avvalo unga yaxshilik bilan tushuntirish, tushunmasa mehru muhabbatini darig' tutish bilan o'z noroziligini bildirishdir. Bu ishlar foyda bermagan taqdirdagina xotinga (uni urib rohatlanish uchun emas, balki to'g'ri yo'lga solish maqsadida) qo'l ko'tarishga ruxsat beriladi. Shu o'rinda bir narsani ta'kidlab ketish lozimki, bu borada kelgan hadislarda yuzidan boshqa joyiga qon chiqmaydigan va asari ko'rinmaydigan darajada urish kerak deb aytilgan. Chunki yuz inson a'zolari ichidagi eng mukarrami sanaladi. Lekin tabiiyki, erga itoat qilishni o'ziga burch deb biladigan itoatli ayol bu oxirgi choragacha etib kelmaydi.
Rasululloh (s.a.v) dedilar: "Agar birovni boshqa birovga sajda qilishga buyurganimda edi, eng avval ayol kishini eriga sajda qilishga buyurgan bo'lardim".
Eriga itoat qilmaydigan ayolda hech qanday yaxshilik yo'q!


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
FilmlaДата: Пятница, 15.07.2011, 01:56:24 | Сообщение # 5
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
Xotima
Har-bir yigit-qiz bir kun kelib turmush quradi. Hamma ham xotirjam hayot kechirishni orzu qiladi. Baxtli hayotdan bahramand bo'lishni istayotgan kishilarga maslahatim, yuqorida sanab o'tilgan ko'rsatmalarni o'zlari uchun dasturul-amal qilib olsinlar. Vaqti-vaqti bilan murojaat qilib, zimmalaridagi ba'zi burchlarini unutib qo'ygan paytlarida bir-birlariga eslatib turishlari uchun bu ahd-paymonni oq qog'ozga tushirib, har-birlari undan nusxa ko'chirib olsinlar. Kelishuv qog'ozda qolib ketmasin. Hali siyohlari qurimasdan turib unga amal qilishga kirishsinlar, butun umr baholi-qudrat uni hayotga tatbiq qilishga intilsinlar. Ahd-paymon juda og'ir bo'lgani bois, uni amalga oshirish kishidan biroz sabr-matonat va sabot talab qilishini bir-birlariga eslatib turishni ham unutmasinlar. Alloh barchamizga tavfiq bersin!
Payg'ambar alayhis-salomga, ahli oilalariga, ashoblariga va Qiyomatga qadar ularga chiroyli suratda ergashganlarga Allohning salotu salomlari yog'ilsin!

So'zimiz oxirida Butun olamlar Parvardigori Alloh ta'ologa hamdu sanolar aytib qolamiz.


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Bahtli hayot sari... (barcha oq'ib chiqsin juda ham foydali gaplar...)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024