Приветствую Вас Mehmon | RSS


Главная Филмла Filmla.ru

[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: uzmegavideo  
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » MUHIM MAVZULAR!!! ((HAYOTIMIZDA KO'P UCHRAYDIGAN JUDAYAM MUHIM MAVZULAR!!!))
MUHIM MAVZULAR!!!
UzKiNo4iДата: Вторник, 12.07.2011, 18:30:03 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные





Bismillahir rohmaniyr rohiym!
Assalamu alaykum wr wb! Bizlarni Inson qilib yaratgan Alloh taologa O’zini bilgancha hamdu sano bo’lsin! Biz ummatlari uchun doimo tashvishda bo’lgan, muborak umrlarini ohirgi lahzasida ham ummatim, ummatim deya bizni o’ylagan Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga Alloh taoloni salovatu salomlari bo’lsin!
Hurmatli Azizlar! Ushbu yangi ochilgan bo’limda, kundalik hayotimizda deyarlik har kuni uchraydigan, oddiy lekin judayam muhim mavzularda Islom dinimiz ko’rsatmalarini olimlarimi asarlari asosida aniq hujjat va dalillarga asoslangan holda yoritib borishga harakat qilamiz!
Bu borada albatta avvalo Alloh taoloni O’zi Yordamchimiz bo’lsin. Qolaversa siz azizlarning duolarizga ham doimo muxtojmiz! Siz azizlardan yana bir iltimosimiz esa, ushbu mavzuga aloqador bo’lmagan har hil bekorchi postlar qoldirilmasa degan umidimiz bor!?
Alloh taolo ushbu ishimizni doimiy va barchamiz uchun foydali qilsin! Amiyn!
 
FilmlaДата: Пятница, 15.07.2011, 02:41:57 | Сообщение # 2
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
MUSULMONNI KOFIR DEYISH HUKMI
Bu masala juda ham nozik va hatarlidir. Ayniqsa, hozir aqoid ilmi bilimdonlari kam, uni izlaganlar undan ham kam bo’lgan, bo’lgan-bo’lmagan narsa uchun ko’pchilikni kofir yoki mushrikga chiqarib yuboradiganlar ko’paygan bir paytda. Albatta, har bir ijtimoiy muammoni o’z sabablari va omillari bo’lgani kabi, odamlarni osonlikcha kofir yoki mushrikga chiqarib yuboradiganlar ko’payishini ham o’ziga yarasha sabab va omillari bor. Ularni batafsil o’rganishni mutahasisslarga havola qilib, biz o’zimizda tegishli joyini bayon qilishga o’tamiz. Islom borasidagi ko’pgina hatolar qatori bu masaladagi hato ham, asosan, kishilarning diniy bilim saviyasining yo’qligi yoki hatoligidan kelib chiqadi.. eng yomoni o’sha hato kamchilikni to’girlashga harakat qilmaslikdir.
Ushbu ma’noda kishilarga aytib yurgan ma’lumotlarimizni yozib qo’yishga ham qaror qildik.
Bu masalada “Sharhi “Aqiydatut Tohoviya” kitobida quyidagilar aytiladi:
“Ahli qiblalardan birortasini gunoh tufayli kofir qilmaymiz. Madomiki, o’shani halol hisoblamasa”
Bu kabi masalalarda “ahli qibla”dan murod, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam keltirgan jamiyki narsalarga iymon keltirib, dinni asosiy narsalaridan birortasini inkor qilmaganlar ko’zda tutiladi.
Demak, “Ahli qiblalardan birortasini gunoh tufayli kofir qilmaymiz” degani, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam keltirgan jamiyki narsalarga iymon keltirib, dinning asosiy narsalaridan biror narsani inkor qilmagan odamni gunohi kabira yoki boshqa gunoh tufayli “kofir” deb hukm chiqarmaymiz deganidir.
Ammo, gunoh ishlarni qilgan odamni “kofir bo’ldi” deydiganlar o’zlarining oyat va hadis amal qilib ish tutayotganlarini da’vo qiladilar va dalillar keltiradilar.
Qur’oni Karim va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida “kufr” deb nomlangan gunohlarga misollar quyidagilar:
1. Kimki Alloh nozil qilgan narsa ila hukm qilmasa, bas, ana o’shalar kofirdirlar. (Moida 44)
2. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: Musulmonni so’kmoqlik fisqdir. U bilan urush qilmoq kufrdir deganlar.
Buhoriy va Muslim rivoyat qilishgan.
3. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: Mendan so’ng ba’zingiz ba’zingizni bo’yningizni chopib ko’fir bo’lmang deganlar.
Buhoriy va Muslim rivoyat qilishgan.
4. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: Musulmon bilan kufrni o’rtasida, namozni tark qilish border deganlar.
Muslim rivoyat qilgan.
5. Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: Kim Allohdan o’zga bilan qasam ichsa, batahqiq, kofir bo’libdi deganlar.
Imom al-Hokim rivoyat qilgan.
Bu masalada Ahli sunna va jamoa aytgan hulosa shulki, mo’min odam gunohi kabira qilishi bilan kofir bo’lib qolmaydi. Faqat o’sha ishni halol sanasa kofir bo’ladi. Misol uchun, aroq ichgan odam uni halol deb e’tiqod qilsa kofir bo’ladi. Aroqni halol deb e’tiqod qilmasayu, uni ichsa osiy bo’ladi.
Ahli sunna va jamoa hammalari gunohi kabira qilgan mo’min butunlay millatdan chiqib ketadigan kofir bo’lmasligiga ittifoq qilganlar. Chunki, kufr ikkiga bo’linadi. E’tiqodiy kufr va amaliy kufrga. Boshqacha qilib aytganda Islomdan chiqaradigan kufr va majoziy kufrga.
Ba’zi bir gunohlarning oyat va hadislarda “kufr” deb atalishi aynan amaliy-majoziy kufrdir.
Agar gunohi kabira bilan dindan butunlay chiqadigan bo’lsa, gunohkor murtad bo’lib, uni o’ldirish vojib bo’lar edi. Uning haqqida avf qabul qilinmas edi. Qasos ham olinmas edi. Zino, o’g’rilik, aroqho’rlik va birovni zinoda ayblashda had(shar’iy jazo)lar joriy qilinmas edi.
Shariat hukmida esa, mazkur gunohlarni qilgan odamlar “murtad” deb emas, “jazoga loyiq jinoyatchi” deb topilgan. Bizning misolimizdagi aroqho’rga darra urish tayin qilingan. Agar aroq ichgan odam dindan chiqib kofir bo’ladigan bo’lsa, uni murtad sifatida qatl qilish lozim bo’lar edi.
Ba’zi gunohlarni qilganlar dindan chiqadigan darajada kofir bo’lmasliklariga oyati karimadan dalillar bor:
Alloh taolo “Baqara” surasida quyidagilarni aytadi:
“Ey, iymon keltirganlar! Sizga o’ldirilganlar uchun qasos farz qilindi: hurga hur, qulga qul, ayolga ayol. Kimga o’z birodaridan bir narsani avf qilinsa, bas, yahshilik ila so’ralsin va ado etish ham yahshilik ila bo’lsin”(178-oyat)
Lekin oyati karimaga binoan, odam o’ldirgan shahsni qasos uchun albatta o’ldirish shart emas, balki o’likning egalari kechib yuborsa, o’ldirmay qo’yib yuborsa, o’rniga hun puli olsa ham bo’ladi. Bunda o’lik egasi haqqini yahshilik bilan so’rashi lozim, aybdor taraf ham ularni haqqini yahshilik bilan ado etishi zarur:
Kimga o’z birodaridan bir narsani avf qilinsa, bas, yahshilik ila so’ralsin va ado etish ham yahshilik ila bo’lsin”
Madomiki o’likni egalari mardlik qilib, jinoyatchi qotilni avf etib, uni o’ldirishni talab qilmadilarmi, ohirigacha mard bo’lib hun pulini ham urush-janjalsiz, yahshilikcha, rozilik va muloyimlik bilan so’rasinlar. Jinoyatchi yoki uning odamlari ham narigi tarafga yetgan musiybat, judolik va qalb jarohatini unutmay, ularing ko’ngillariga taskin berib, g’irromlik qilmay, kechga surmay, hunni yahshilik bilan ado etsin.
Alloh ushbu oyatda birovni qasdan o’ldirgan odamni iymonlilar jumlasidan chiqarmadi. Balki. Uni qasos egasiga birodar deb atadi.
Agar, mo’min-musulmonni o’ldirgan odam kofir bo’ladi, degan hadisdagi kufr majoziy bo’lmay, islomdan chiqaradigan kufr bo’lganida, odam o’ldirgan kishini murtad sifatida albatta o’ldirish kerak bo’lar edi.
Alloh taolo “Hujurot” surasida:
“Agar mo’minlardan ikki toifa urushib ketsa, bas ularning orasini isloh qiling”, (9-oyat) deb turib, ohirida:
“Albatta, mo’minlar birodardir. Bas, ikki birodaringiz orasini isloh qiling”, degan. (10-oyat)
Mashhur sahih hadisning ma’nosiga qaraganda, bir-biriga qarshi qurol ko’targan musulmonning ikkisi ham kofir bo’lishi lozim edi. Ammo o’sha hadisdagi “kufr” so’zi majoziy bo’lganidan, bu oyatda urushib turganlar “mo’min” deyilmoqda va birodaringiz orasini isloh qiling deyilmoqda, ularni dindan chiqqan kofir sifatida qatl qiling deyilgani yo’q.
Shuningdek, Qur’on va Sunnat hamda ijmo’da kelgan matnlarda zinokor, o’g’ri va boshqa katta gunohlarni qilganlarni o’ldirmaslikka, balki ularga had(shari’y jazo) joriy qilishga dalolatlar kelgan. Bu esa ularni murtad emasliklarni taqozo qiladi.
Ammo bundan “gunohlarni qilaversa bo’lar ekan” degan fikrga borish kerak emas. Bu ma’noda juda ehtiyot bo’lmoq lozim. “Gunohni qilaversa bo’lar ekan” deyishni o’zi kufrga olib boradi.
Gap bir odamni kofirga chiqarib yuborish oson emasligi haqida bormoqda. Shuning uchun ham, juda ehtiyot bo’lish zarur. Afsuski, avvalda ham, hozirda ham kishilarni kofirga chiqarishga ishqibozlar yetarli bo’lgan va bo’lmoqda.
Holbuki, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamning o’zlari yuqoridagiga o’hshash ishlarga qarshi bo’lganlar.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam:
“Laa ilaaha illallohu” degan kimsaga tegmaslik: Gunohi tufayli uni kofirga chiqarmaymiz. Amali tifayli uni Islomdan chiqarmaymiz” dedilar.
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Bu hadisi sharifda Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam uch muhim narsani bayon qilmoqdalar.
1. “Laa ilaaha illallohu” degan kimsaga tegmaslik…”
Ya’ni, kalimai shahodatni aytib, o’zini musulmonligini bildirib turgan kishiga tegmaslik, uning joniga, moliga zarar yetkazmaslik zarur. Zohirida musulmon bo’lib ko’rinib, Islomni zohiriy amallarini qilayotganlar bilan musulmoncha muomala qilinaveradi. Kishilarning ichki sirlari va hisob-kitoblari Allohning O’ziga havola!
2. “Gunohi tufayli uni kofirga chiqarmaymiz…”
Ya’ni, “Laa ilaaha illallohu”ni aytib, zohirda musulmon bo’lib ko’ringan odamni qilgan gunoh ishi tufayli kofirga chiqarmaymiz. U kofir emas, osiy mo’min bo’ladi.
3. “Amali tifayli uni Islomdan chiqarmaymiz”
Ya’ni, kalimai tavhidni aytib, Islomni zohiridan ko’rsatib turgan odamni amali tufayli Islom dini, Islom millatidan chiqarmaymiz. Bunday odamlarga amaliga yarasha tayin qilingan shar’iy jazo beriladi. E’tiqodi buzilmasa Islomdan chiqqan hisoblanmaydi. Umumiy qoida- shu!
Shundoq bo’lgandan keyin birovni kofirga chiqarishga zinhor shoshilmaslik kerak. Madomiki, Alloh taologa shirk keltirmagan ekan, birovni kofir deyish oson ish emas. Zero, Alloh taolo shirkdan boshqa gunohlarni kechirishi mumkinligini o’zi aytgan.
Mujtahid imomlarimiz farzligi va haromligi haqida ixtilof qilgan va Qur’oni Karim hamda sunnatda qat’iy dalili yo’q narsalarni inkor qilishlik kufrga olib bormaydi.
Birovni kofir deyishlik oson ish emas. Chunki bu ishni orqasidan kelib chiqadigan hukmlar ham o’ta hatarlidir.
Avvalo, imom Buhoriy Ibn Umar va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam:
“Qachon kishi o’z birodariga “Ey, kofir” desa, ikkovlaridan biri o’shandoq bo’ladi” deganlar.
Ya’ni haligi odam kofir bo’lmasa uni kofir degan odamni o’zi kofir bo’ladi. Chunki musulmonni kofir deyishning hukmi shu! Bas, birovni kofir deyishdan oldin bu gap o’ziga qaytishi mumkinligini o’ylab qo’yish kerak bo’ladi.
Ikkinchidan, birovni kofir deb hukm chiqarilsa va o’shandoq bo’lsa, ortidan o’ta hatarli ishlar sodir bo’lishi lozim.
1. U bilan hotini orasidagi nikohi buziladi.
2. Bolalari uni qaramog’idan chiqadi.
3. Jamiyat a’zoligidan mahrum bo’ladi.
4. Uni mahkamaga berib, murtad degan hukm chiqariladi.
5. U o’lsa, yuvilmaydi, kafanlanmaydi, janozasi o’qilmaydi, musulmonlar qabristoniga ko’milmaydi va merosdan mahrum bo’ladi.
6. O’sha holida o’lsa jahannamiy bo’ladi.
Shuning uchun ham, taqvodor va mutamakkin ulamolar birovni kofir deyishni o’zlariga ep ko’rmaydilar. Ba’zilari esa, avval bu ishni qilgan bo’lsalar, keyin bu ma’nodagi fatvolarini bekor qiladilar.
970 hijriy sanada vafot etgan, “al-Bahrur Roiq” nomli kitobning muallifi, Hanafiylarning mashhur ulamolaridan bo’lmish Ibn Najim Rahmatullohi alayhi huddi shundoq qilganlar va “Agar bu masalada kofir deyish uchun to’qson to’qqizta dalil bo’lsayu, kofir demaslik uchun birgina dalil bo’lsa, to’qson to’qqizni qo’yib o’sha br dalilni olish kerak” deganlar.
Ba’zi vaqtlarda kufr haqidagi umumiy fatvoni yakka shahslarga tatbiq qilib yuborish orqali hatoga yo’l qo’yiladi. Misol uchun “falon toifga mansub kishilar kofir bo’ladi” degan fatvo chiqqan. Bu, o’sha toifaga mansub har bir kishi kofir, degani emas. Yakka shahslarga nisbatan kufr fatvosini berishdan oldin, so’rab-surishtirish, aniqlash va uni o’zi bilan bahs olib borib bo’yniga qo’yish lozim bo’ladi.
Bu haqda aqoid ilmi ulamolari quyidagilarni aytadilar:
“Ba’zi bir gap kufr bo’lishi mumkin. O’sha gapni aytgan odam kofir bo’ladi degan hukm chiqishi mumkin. Ammo mazkur gapni aytgan muayyan shahsni, hujjat va dalil bilan tasdiqlamaguncha, “kofir” deb hukm chiqarilmaydi.”
Alloh taolo “Niso” surasida quyidagilarni aytgan:
“Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar, qorinlarida olovni yegan bo’lurlar. Va, shubhasiz, do’zaxga kirurlar” (10-oyat)
Ushbu oyati karimadagi va shunga o’hshash boshqa qo’rqitishlar haqdir. Ammo, aniq bir shahsga kelganda, bu odam, mana shu oyatga binoan, albatta do’zahga tushadi, degan qat’iy gapni aytib bo’lmaydi. Ahli qibladan bo’lgan muayyan shahsning do’zahga kirishiga guvohlik berib bo’lmaydi. Chunki, u mazkur oyat ma’nosini va hukmini bilmasligi, tavba qilishligi, o’sha gunohini yuvadigan yahshilik qilishi, shafoatchining shafoatidan manfaat olishi yoki boshqa sabablardan foydalanib qolishi ehtimoli bor.
Bir odam kufr gapni aytdi va uni qozini oldiga keltiriladi. Shunda qozi undan guvohlar da’vo qilayotgan masala-kufr gapni aytgani haqida so’raydi. U o’sha gapni aytganidan tonsa qo’yib yuboriladi. Chunki, gapidan tonishni o’zi tavba hisoblanadi.
Agar aybdor, men gapning kufr ekanini bilmasdim, desa, unga tushuntirilib, ikkinchi bor hushyor bo’lishini ta’kidlanib, uni qo’yib yuboriladi.
Agar o’sha odam, men bu gapni bilib aytdim, dinimdan qaytdim, desa, uni tavba qilishga chorlanadi. Tavba qilguncha qamab qo’yiladi.
Kufr gapni aytib turgan odamga shu muomala bo’lganidan keyin, mo’minligini aytib, unga amal qilib turgan odamni turli gaplar tufayli kofirga chiqarib yuboraverish mutlaqo noto’g’ri bo’ladi. Shuning uchun bu ishda o’ta hushyor bo’lish lozim.
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini “Sunniy Aqiydalar” nomli kitoblaridan olindi!


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
FilmlaДата: Пятница, 15.07.2011, 02:42:21 | Сообщение # 3
moro bo'sin
Группа: Administrator
Сообщений: 2587
Награды: 6
Репутация: 3
Статус: Оффлайн
BAROAT KECHASINING FAZLI
Bismillahir rohmanir rohiym!
Sha’bon oyining o’n to’rtinchi kunidan o’n beshinsiga o’tar kechasi va o’n beshinchi kunni kunduzi juda ham muborak kecha va kunduzdir. Bu vaqtlarda imkon qadar kechasini bedor o’tkazib kunduzi esa ro’za tutib Alloh taologa yaqin bolishga intilmoq lozim. Bu soatlarni naqadar ajib fazlga ega ekanligiga quyidagi hadislar ham dalildir.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Qachon Sha’bon yarimi kechasi bo’lsa, uning kechasini bedor o’tkazinglar, kunduzining ro’zasini tutinglar. Chunki o’shanda Alloh quyosh botishi paytida osmonga tushadi va:
“Qani, istig’for aytguvchi bormi? Men unga rizq berurman. Qani, baloga uchragan bormi? Men unga ofiyat berurman. Falonchi qani, fistonchi qani?” deydi. Toki, tong otguncha shundoq bo’ladi” – dedilar.
Ibn Moja rivoyat qilgan.

Sharh: Hazrati Alidek ulug’ sahobiy bunchalik ahamiyatli gapni o’zlaridan aytmaydilar. Albatta, bu haqda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir narsa eshitganlar va o’sha eshitganlarini o’z iboralari bilan ifoda etganlar.
Ushbu rivoyatga binoan, Sha’bon oyining qoq yarimining kechasi ham, kunduzi ham ulug’ va barokatli vaqtlar ekanligi kelib chiqadi.
Shu sababdan ham Hazrati Ali roziyallohu anhuni tavsiyalariga binoan, kunduzni ro’za, kechasini bedorlik ibodati bilan o’tkazishga harakat qilmoq kerak bo’ladi.

Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi.
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamni kechalardan birida yo’qotib qo’ydim. So’ng u kishini izlab chiqdim. Qarasam, U zot Baqi’yda boshlarini ko’tarib osmon tomoniga qarab turgan ekanlar:
“Ey Oisha, Alloh va Uning Rasuli sendan chetlashidan xavf qildingmi?” dedilar.
“Siz ba’zi ayollaringizga borgansiz deb gumon qiluvdim” dedim.
“Albatta, Alloh Sha’bonning yarimidagi kechasi dunyo osmoniga tushadir va Kalbning qo’ylari juni adadidan ko’proqni mag’firat qiladir” dedilar”.
Ibn Moja, Termiziy va Ahmad rivoyat qilgan.

Sharh: Baqi’iy- Madinai munavvaradagi mashhur qabriston. Barcha Madinada vafot etgan sahobalar shu qabristonga dafn etilganlar. Zotan, Madinai munavvarada boshqa qabriston yo’q ham.
“Kalb” –mashhur arab qabilasi bo’lib, o’sha vaqtda Bani Kalb qabilasi eng qo’yi ko’p qabila bo’lgan. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Sha’bon oyi yarimida Alloh taolo juda ham ko’p gunohlarni mag’firat qilishini ifodalab, o’sha qo’ylarni juni adadidan ham ko’proq deb esga olganlar.
O’ylab ko’radigan bo’lsak, bir dona qo’yning jun tolalari qancha bo’lishini sanashning o’zi qiyin. Arab qabilalari ichida eng ko’p qo’yli qabilaning qo’ylari jun tolasi qancha bo’lishini tasavvur qiling. Bu o’sha kecha juda ham fazilatli ekaniga dalolatdir.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Alloh Sha’bon yarimidagi kechada qarab ko’rib jamiki maxluqotlarini mag’firat qilur. Magar mushrik va husumatchi bundan mustasnodir” dedilar”
Ibn Moja va Ahmad rivoyat qilishgan.

Alloh Taolo barchalarimizni oqibatimizni mahmud, bu dunyodan ketar vaqtimizda iymonimizni o'zimizga
hamroh aylasin!

P.S: Ushbu kecha 26 Iyuldan 27 Iyulga o'tar kechasiga to'g'ri keladi.


http://uzmegavideo.ucoz.ru/
 
╚»★ OnLiNe UzBeKoNa FoRuM ★«╝ » Islomiy Bo'lim » Muhim Mavzular » MUHIM MAVZULAR!!! ((HAYOTIMIZDA KO'P UCHRAYDIGAN JUDAYAM MUHIM MAVZULAR!!!))
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

  Filmla.ru   Главная   Регистрация   Вход  
block6
Форма входа
Логин:
Пароль:
block6

block7
Поиск

Яндекс поиск
block7

Наш баннер фильм
Uzbek kino filmla va boshqa kino filmla WWW.filmla.ru da onlayn va bepul



UZMEGAVIDEO.RU


UZMEGA.SITE


UZBNEWS.SITE


Посоветовать другу фильмы

Реклама

В кинематографе есть уникальное явление, вызывающее бурные эмоции у зрителей. Конечно, это Кино фильмы с их неповторимым колоритом. По замыслу режиссеров, все действие сопровождается музыкой, танцами, а актеры должны играть свои роли с детской непосредственностью. Возможно, именно эта искренность привлекает миллионы поклонников. Особенно популярны эти картины у отечественной публики, поэтому воспроизведение сюжетов на русском и Узбекском языке пользуется повышенным спросом. Теперь уже можно не довольствоваться редкими встречами с любимым видом искусства. Смотреть кино фильмы в любое время – это всеобщее желание посетителей онлайн кинотеатра. Долгие годы считалось, что перевод в них не обязателен. События понятны без слов благодаря другим средствам выразительности. Но времена меняются, и очень приятно видеть, как знакомые герои начинают говорить приятным мелодичным голосом на русском и узбекском языке. Прекрасные песни остаются в оригинальном исполнении, но голос за кадром не забывает кратко передать содержание текста. Лучшие кино фильмы убеждают зрителей в том, что все люди братья и сестры. Но не всё так безобидно, как кажется на первый взгляд. За весельем и массовыми танцами скрываются жуткие события: кровная месть, измены, убийства и сложные расследования. Отдельно стоит сказать про выбор актёров и декорации. Именно они играют немалую роль в успехе онлайн проектов по всему миру, даже если сюжеты просты и узнаваемы. Красочность заставляла смотреть картины, даже когда они не были снабжены качественной озвучкой. Сейчас можно вдоволь насладиться не только музыкальным сопровождением, но и понять все тонкости отношений героев. Это стало возможным благодаря тому, что кино фильмы на русском и узбекском языке всегда можно найти в специальной подборке для поклонников этого направления кинематографа. Онлайн киноленты повествуют не только о любви. В них затрагиваются социальные проблемы, например, непреодолимая пропасть между людьми из разных каст или огромная разница между богатством и жизнью в бедных кварталах.


Добро пожаловать на WwW.FiLmLa.Ru Приятного просмотра и спасибо что посетили сайт.

Copyright MyCorp © 2024